Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Merlin-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jeki Chan birinchi xitoy-hind filmini suratga oladi

Xitoylik mashhur aktyor Jeki Chan Hindistonga o‘zining yangi “Kung-fu yoga” filmini suratga olgani keladi. Bu haqda u Hindistonning IANS (Indo-Asian News Service) axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Film Xitoy va Hindiston hamkorligida olinadigan birinchi film bo‘ladi. Tegishli kelishuvga o‘tgan yilning sentabr oyida Nyu-Dehliga Xitoy rahbari Si Szinpin kelganda erishilgan edi. Film syujeti va uning ekranlarga chiqarilishi sanasi ma’lum qilinmagan. Shu narsa ma’lumki, film Channing ko‘pchilik filmlari (“Tangri qurol-yarog‘lari”, “Polisiya voqeasi”) kabi komediya va jangari sahnalarga boy bo‘ladi.
Channing aytishicha, “Kung-fu yoga” filmining suratga olish ishlari kuzda boshlanishi mumkin. Aktyor agar unga qiziq ssenariy taklif etilsa, Bollivudda ham suratga tushishi mumkinligini bildirib o‘tdi. “Men kinoni Bollivud yoki Gollivudga ajratmayman. Men uchun asosiysi ssenariy yaxshi bo‘lishi kerak”, deb aytdi Chan.
Jeki Chan hind kino ustalari bilan birgalikda ishlash tajribasiga ega. U 2005 yilda “Afsona” filmida hind akstrisasi Malika Sharofat bilan birga suratga tushgan.
Yaqinda Hindiston ekranlariga Chan bosh rol o‘ynagan “Ajdarho qilichi” filmi chiqdi. Film voqealari Qadimiy Xitoyda, Xan sulolasi hukmronlik qilgan davrlarda bo‘lib o‘tadi. Filmda Chan bilan birga Gollivud aktyorlari Jon Kyusak (“2012″) va Edrien Broudi (“Pianinachi”) rol ijro etgan.
Manba:kun.uz


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6837 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jeki Chan, film, xitoy-xind, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
904212223 Filmini kutib qolamiz
Like | 0
adda5566 xa yaxshi o'sish bor bulada
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное