Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Pazanda - The Sound of Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Soundtrack
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » SOG'LIK

Jig‘ildon qaynamasligi uchun qanday mahsulotlar iste’mol qilish kerak?

Jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan insonlar qanday mahsulotlarni iste’mol qilmasligi kerak? Albatta, achchiq va qovurilgan ovqatlar, pomidor souslari, qahva va non kabilar. Biroq har doim hamma narsadan o‘zni inkor etib bo‘lmaydi.

Yaxshiyamki, jig‘ildon qaynashidan xalos bo‘lishga yordam beradigan mahsulotlar mavjud.

Zanjabil

Zanjabil ovqat hazm qilishga yordam beradi, shuningdek, ko‘pincha og‘riq va shishni bartaraf etadi. Hamda jig‘ildon qaynashining oldini oladi. Qolaversa, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, asab tizimini tinchlantiradi va oshqozon kislotasini kamaytiradi. Buning uchun zanjabilning bir necha bo‘lagiga qaynoq suv quyiladi va shakar qo‘shilmagan holatda ovqatdan oldin ichiladi.

Banan

Hech kimga sir emaski, apelsin, greypfruit yoki rezavorlar kabi kislotali mevalar jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Bananlar esa ishqoriy mevalardir, shuning uchun ular oshqozondagi kislotalilikni kamaytiradi va noxush alomatlarni yo‘q qiladi.

Yogurt

Muntazam ravishda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekadigan odamlar uchun ajoyib tanlov. Faqat yogurt tabiiy bo‘lishi juda muhim, sun’iy qo‘shimchalarsiz va yog‘siz bo‘lishi kerak. Yog‘li mahsulotlar qizilo‘ngachning pastki sfinkteriga bosimni pasaytiradi va hazm qilish uchun ko‘proq vaqt talab etadi, shu bilan jig‘ildon qaynashi ehtimolini oshiradi. Jig‘ildon qaynashining oldini olish uchun kechasi ovqatlanmaslik va ovqatlanish orasida uzoq vaqt qoldirmaslik tavsiya etiladi.

Qovun

Banan kabi qovun ham kislotalarni zararsizlantiradigan ishqoriy meva hisoblanadi. Qovun bo‘laklarini jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nordon rezavorlar o‘rniga smuzi yoki smetanalarga qo‘shish mumkin. Biroq qovun ham, banan ham vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Bu taxminan 1 foiz odamlarda sodir bo‘ladi, shuning uchun bu tajribani mahsulotning kichik bo‘lagidan boshlash kerak.

Yashil sabzavotlar

Yashil sabzavotlar iste’mol qilishning minglab sabablari bor. Eng muhimi, karam, ismaloq, gulkaram va Bryussel karami, shuningdek, salat bargi jig‘ildon qaynashida yordam beradi, chunki ular pH darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlardir.

Suli yormasi

Suli yormasi oshqozonni tinchlantiradi va turli ovqat hazm qilish muammolari bo‘lgan odamlar uchun eng foydali mahsulotdir. Bundan tashqari, jig‘ildon qaynashida yordam beradi, faqat uni suvda, yog‘siz yoki bodom sutida pishirish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ta’sir uchun  bo‘tqaga banan bo‘laklarini ham qo‘shish mumkin. Shuningdek, ortiqcha vaznli odamlarda jig‘ildon qaynashidan aziyat chekish ehtimoli ko‘proq.

Saqich chaynash

Qizilo‘ngach devorlaridan kislotani olib tashlaydigan so‘lak miqdorini oshiradi. Jig‘ildon qaynashi bilan kurashish uchun yalpizli saqichni tanlamaslik kerak va saqichni och qoringa emas, balki ovqatdan keyin chaynash mumkin.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 1444 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mahsulotlar, qaynamasligi, qilish, Jig‘ildon, Uchun, kerak?, Qanday, iste’mol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное