Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

​«Jim, devorning ham qulog`i bor…» Sir saqlashni bilasizmi?



Dugonalaringiz bilan sirlashgan va siringizni hech kimga aytmasliklarini iltimos qilganmisiz? «Sirdosh»laringiz ming va`dalar bergan bo`lsalar-da, ko`p o`tmay o`sha siringiz boshqalar tilidan o`zingizga etib kelganida nimani tuygansiz? Juda alam qilgan, to`g`rimi? Ba`zida esa o`zingiz ham birovning omonat gapini saqlay olmay kimgadir aytib qo`yib, vijdonan qiynalgansiz yoki biror bahona bilan o`zingizni oqlab, bu vaziyatni unutib qo`yaqolgansiz. Quyidagi testni ishlab og`zingizga naqadar mahkamligingizni baholashingiz mumkin.

1. Tug`ilgan kuningiz bir oydan keyin, ammo uzoqdagi yaqinlaringiz sizga sovg`a jo`natishdi va uni faqat tug`ilgan kuningizda ochib ko`rishingiz kerakligini tayinlashdi. Siz nima qilasiz?

A. «O`ramning bir chetidan kichkinagina teshib, ichiga mo`ralab ko`raman» – 5 ball.

B. «Sovg`ani shu zahotiyoq ochib ko`raman, baribir hech kim hech narsa bilmaydi-ku» – 7 ball.

V. «Ko`zdan nariga olib qo`yaman va tug`ilgan kunimdagina ochaman» – 4 ball.



2. Ish izlayotganingizda sizga quyidagi uchta taklif bildirildi. Qaysi birini tanlaysiz?

A. Xususiy klinika administratori — 1 ball.

B. Qimmatbaho buyumlar do`koni sotuvchisi – 2 balla.

V. Restoranda ish boshqaruvchi – 3 ball.



3. Xonangiz uchun yangi gulqog`oz tanlayapsiz. Uning rangi qanday bo`ladi?

A. Havorang – 2 ball.

B. Sariq – 5 ball.

V. Qizil – 6 ball.



4. Jamoangizda nuqul boshqalarning maoshi bilan qiziqaveradigan va birovlarning pulini hisoblash hamda nazorat qilishni yoqtiradigan xodim bor. Siz bunga qanday qaraysiz?

A. «Jahlim chiqadi: mening hamyonim, bu — shaxsiy mulkim! Begonaning pulimni nimaga sarflashim bilan nima ishi bor?» – 1 ball.

B. «Menga baribir! Vaqt va asabini bema`ni narsalarga sarflaydigan odam faqat o`ziga zarar qiladi!» – 3 ball.

V. «Bu masalani rahbar hal etishi kerak, ya`ni shunaq xodimga bu ish yaxshimasligini tushuntirishi lozim» – 2 ball.



5. Sizda ortiqcha vazn muammosi bormi? Agar bo`lsa, uni qanday hal qilasiz?

A. «Yo`q va bo`lishi ham mumkin emas» – 3 ball.

B. «O`zimni qo`lga olib, haftada bir-ikki kun engil ovqatlanib yuraman» – 6 ball.

V. «To`lachadan kelganman, ammo ozolmasam kerak» – 7 ball.



6. Tashqaridan kimningdir urishgani ovozi kelayapti. Siz nima qilasiz?

A. «Yordam berish uchun ko`chaga yugurib chiqaman» – 5 ball.

B. «Eshik teshigi yoki derazadan jim qarab tomosha qilib turaman, aralashmayman» – 3 ball.

V. «Mahalla oqsoqoliga xabar beraman» – 6 ball.



7. Tasavvur qiling, kutilmaganda sobiq muhabbatingizni uchratib qoldingiz. U bilan qanday salomlashasiz?

A. «Xursand bo`lib» – 4 ball.

B. «Sovuqqina so`rashaman» – 1 ball.

V. «Samimiy salomlashaman» – 3 ball.



8. Munosabatlaringiz quvonarli bo`lmagan hamkasbingiz ishda xatoga yo`l qo`ydi. Birinchi kimni ogohlantirasiz: unimi yoki rahbariyatni?

A. «Albatta, rahbariyatni! Chunki uning o`zi ogohlantirishimni to`g`ri qabul qilmaydi» – 3 ball.

B. «Unga xatoga yo`l qo`yayotganini tushuntirishga harakat qilaman» – 1 ball.

V. «Hech kimga hech narsa demayman. O`zimni yomon ko`rsatish menga zarurmi?» – 2 balla.



9. Bir inson sizga yoqib qoldi, u bilan do`stlashmoqchisiz. Qanday yo`l tutasiz?

A. «Umumiy tanishlarimiz bo`lsa, ulardan bizni tanishtirib qo`yishlarini so`rayman» – 6 ball.

B. «O`zim tanishish taklifini bildira olaman» – 8 ball.

V. «Biror bahona topib, u bilan o`zaro munosabat o`rnatishga harakat qilaman – 4 ball.



10. Sizni kafeda bo`lib o`tadigan tadbirga taklif etishdi. Qanday libosda borasiz?

A. Shim va koftada – 3 ball.

B. Yubka va koftada – 2 ball

V. Muhtasham kechki libosda – 1 ball.



Natijalar

26 balldan kam: «Men sizga ishonaman!»

Sizga istalgan sirni aytish mumkin. Boshqalarning sirini saqlashni bilasiz, bir gap aytishsa, bo`ldi, baliqdek gung bo`lib olasiz. Tashqaridan kamgap, muomalasi sovuq, kirishimli emasdek tuyulsangiz ham, aslida gapini o`ylab gapiradigan, mulohazakor, ehtiyotkor shaxssiz. Sizni tuyg`ulari o`lik yoki ehtiroslari yo`q, deb ayblashlari mumkin. Ammo ayna ana shu xislatingiz, ya`ni hissiyotlarga ortiqcha berilmay, aql bilan ish ko`rganingiz uchun ham birovlarning sirini ochmaysiz. Umuman, g`iybatni yomon ko`rasiz. Undan ko`ra biror foydali ish bilan shug`ullanishni ma`qul bilasiz. Xullas, turli g`iybatu fitnalardan xoli, o`z ishini biladigan, o`zgalarnikiga burnini suqmaydigan insonsiz. Yana kimningdir boshiga ish tushsa, darrov yordamga kelasiz. Yordamni ham imi-jimida, hammaga bildirmasdan amalga oshirish qo`lingizdan keladi. Faqat bir jihati bor, vaqti kelib o`zingizda kim bilandir sirlashish istagi tug`ilib qolmasmikan? Ammo sizdagi mulohazakorlikni inobatga olsak, hech qachon bunday ehtiyoj paydo bo`lmasligi tayin.

26-40 ballgacha: «Eshitishga tayyorman!»

Siz o`zingiz haqingizda gapirishni yaxshi ko`rasiz, hech qachon muammolaringizni sir tutmaysiz. Ochiqko`ngilsiz, g`iybat yoki nolish uchun emas, odamlarga ishonganingizdan siringizni aytasiz. Bu gap boshqalarga tarqab ketishi mumkinligini aslo o`ylamaysiz, chunki boshqalar sizga dil daftarini ochishsa, uni doston qilmaysiz. G`iybatlashib turasiz, albatta. Ammo sizdan shu gap shu erda qolishini so`rashsa, uni hech kimga aytmaysiz. Shu sababli hammani o`zingizdek ko`rasiz. Ishonuvchanligingiz ham bor. Siringni birovga aytma deb sizga uqtirib bo`lmaydi, chunki siz gaplashish, muloqot qilish, dardingizni aytish asnosida muammoni qayta idrok etib, unga tashqaridan nazar tashlaysiz va echim topasiz. Shu sababli muammolaringizni muhokama qilish sizga suv bilan havodek zarur. Maslahatimiz shuki, odam tanlashda adashmang, kimga siringizni aytishni biling. Yana bir usul, muammolarni birovga aytishdan ko`ra qog`ozga tushirish, ya`ni yozma bayon qilish ham yaxshi effekt beradi.

41-50 ballgacha: «Hech kimga aytmang»

Ko`pincha muammolar girdobiga tushib qolishingizga ajablanmasa ham bo`ladi. Chunki siz doim aytish kerak bo`lmagan narsalarni gapirib yurasiz. Ichingizda gap turmaydi. Siringiz olamga doston bo`lganda esa, bundan to`g`ri xulosa chiqarib, keyingi safar tilimni tiyishim kerak ekan degan xulosa chiqarish o`rniga siringizni saqlay olmagan dugonalaringizni ayblab yurasiz. Axir o`zingiz saqlay olmagan sirni boshqalardan saqlashni talab qilish adolatdanmi? Boshqalarning gaplarini ham aytib qo`yaverasiz. Birov «Hech kimga aytma» deb sir aytsa, o`zingizni baxtsiz his qila boshlaysiz, chunki «hech kimga aytmaslik»ni eplolmasligingizni yaxshi bilasiz-da. Maslahatimiz, yo sir saqlashni o`rganing, yo g`iybatlashmaslikni.
 


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 5612 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Psixalogik, sirlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 buni bilish qanday yoqimli :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное