Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Quyidagi shakllardan birini tanlang
 



Kvadrat. Kvadratni birinchi o‘ringa chiqarganlar hayotda va ishda tartib-intizomga amal qiladi. Ular barcha ishni o‘z vaqtida bajarishni, tozalikni xush ko‘ruvchi, mehnatsevar va tirishqoq bo‘ladi. Qat’iyat, va’daning ustidan chiqish, halollik va tejamkorlik ham ularga xos.
Kvadratlarning asosiy kamchiligi: o‘ta talabchanlik, mayda narsalarga ham katta e’tibor qaratish, qaysarlik, yangiliklarni qiyinchilik bilan qabul qilish, fantaziyaning kambag‘alligi.
Uchburchak. Ular yaxshi lider, yelkasiga mas’uliyat olishdan cho‘chimaydi. Kuchini to‘g‘ri yo‘naltira oladigan, o‘ziga ishonchi baland, tavakkalchi. Shu bilan birga, g‘ayratli, to‘g‘riso‘z, hissiyotga boy, aqlli odamlardir.
Uchburchaklarning asosiy kamchiliklari: ularda xudbinlik yaqqol seziladi. Nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan, manfaatlarini ko‘p narsadan ustun qo‘yuvchi, sabrsiz, diydasi qattiq, jahli tez bo‘ladi.
Aylana. Ular juda kirishuvchan, mehribon, g‘amxo‘r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuitsiyaga ega, bag‘rikeng, qo‘li ochiq, hissiyotlarga beriluvchan, kechirimli, konfliktlardan yiroq kishilardir.
Ammo aylanalarda ham o‘ziga xos kamchiliklar yetarli: o‘zgalar fikriga tobelik, o‘ta yuvoshlik, betartiblik, doimiy ikkilanish, muhim qarorlar qabul qilishdan qochish, ko‘ngli bo‘sh, ishonuvchanlik.
To‘rtburchak. Qiziquvchanlik, yaxshi ta’lim olish va yangilikka intilish,  o‘ta ziyraklik, ammo ishonuvchan va samimiylik ularga xos. To‘rtburchaklardagi asosiy yaxshi fazilat sezgirlikdir.
Kamchiliklariga keladigan bo‘lsak, to‘rtburchak shaklni tanlaganlar o‘zini past baholovchi, qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ishi va so‘zi orasida tafovut bo‘ladi. Hissiy beqarorlik ham ularga tez-tez pand berishi mumkin. Sodda, unutuvchanlik va kechirimliligi bilan ajralib turadi.
Zigzag. Ular yangilik va ijodga intiluvchan, o‘rganishga chanqoq, biroz xayolparast, optimist bo‘ladi. Tashabbuskorlik, kelajakka intilish va g‘alayonkorlik ham ularga begona emas.
Zigzaglar tartibsizlikka moyil, qo‘nimsiz, o‘ta o‘zgaruvchan, qoidalarga amal qilmaslik, kesatib gapirish kabi xususiyatlari sabab tez-tez muammolarga duch keladi.
 


Manba:Tarona.net
Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 9701 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Psixalogik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 kvadratni tanlagandim. Fantaziyani etmaganda, deyarli to'g'ri %)
Like | 0
virus16 topa togri doyra ibi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное