Sardor Rahimxon ft. Jon... Sardor Rahimxon ft. Jon...
Oybek va Nigora - Yalin... Oybek va Nigora - Yalin...
Farhod va Shirin - Guli... Farhod va Shirin - Guli...
Bunyodbek Saidov - Sara... Bunyodbek Saidov - Sara...
Via Osiyo - Yomg'ir (Vi... Via Osiyo - Yomg'ir (Vi...
Sardor Rahimxon - Shahn... Sardor Rahimxon - Shahn...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Sardor Rahimxon
Сундтреки
. Pazanda - Soundtrack
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Alisher Uzoqov - Yonayoturman [soundtreck Tundan Tongacha 2]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

“Ko‘sem” seriali haqida siz bilib-bilmagan ma’lumotlar


“Muhtasham yuz yil” (“Velikolepniy vek”) tarixiy turk seriali ko‘pchilik tomoshabinlar orasida ommalashib ketgan edi.

Kimlardir Sulton Sulaymonning aqli va topqirligini ta’kidlasa, yana kimlardir Xurrem Sultonning (Aleksandraning) latofatiga, har qanday vaziyatdan silliqqina chiqib keta olish mahoratiga qoyil qoldi.

Ha, chindan ham serialni ko‘rgan inson rang-barang obrazlar orqali turli vaziyatlarga guvoh bo‘ladi. Serialning biror sonini ham o‘tkazmay kuzatib borgan muxlislar uning tugashini aslo istashmadi.

Shu bois bo‘lsa kerak, Durul Taylan va Yagmur Taylanlar rejissyorligida mazkur serialning mantiqiy davomi ham suratga olindi. Serial nomiga u qadar katta o‘zgartirish kiritilgani yo‘q. “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem imperiyasi”.

Uning ilk premerasi 2015 yil 12 noyabrda “Star TV” telekanalida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning “Domashniy” telekanali orqali esa 2017 yilning 7 yanvar sanasida efirga uzatildi.

Tabiiyki, bu serial O‘zbekiston halqi orasida ham barcha turk seriallari kabi iliq kutib olindi. Hozirda “Ko‘sem” nomi bilan ommalashib borayotgan mazkur serial “Milliy TV” telekanali orqali namoyish etilmoqda.

Yangi serial tomoshabinlarni Sulton Sulaymondan yuz yildan keyin Usmoniylar imperiyasiga hukmronlik qilgan Sulton Ahmad I davridagi voqealar bilan tanishtiradi.

Serial yaratuvchilarining aytishicha, “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem imperiyasi” suratga olinishidan avval barcha aktyorlar dala sharoitidagi maxsus oromgohlarda tayyorgarlik ko‘rishgan. Bir necha hafta davomida ular ochiq maydonda yashashgan, ovqat tayyorlashgan, yog‘och kesishgan. Bu ularga o‘z qahramonlarini yana ham yaxshiroq tushunishlariga, ya’ni o‘z rollarini yurakdan ijro etishlariga zamin yaratgan.

Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, “Muhtasham yuz yil” serialini yaratish uchun 4 000 000 turk lirasi sarf etilgan bo‘lsa, “Ko‘sem” serialiga yanada ko‘proq mablag‘ sarflangan. Buni qarangki, serialning ilk qismi 20 kun mobaynida suratga olingan. Albatta, bu oz vaqt emas. Sababi, turk seriallarida har bir qism asosan 3–4 kun ichida suratga olinadi.

Serialda bir qancha mashhur turk aktyor va aktrisalari ishtirok etgan. Sulton rafiqasining turli davrlardagi rolini to‘rt nafar aktrisa ijro etadi. Ular orasida gollivudlik aktrisa Sara Xayland ham bor.

Ko‘semning qizlik paytidagi rolini Beren Saat, asosiy davrdagi rolini esa mallasoch grek aktrisasi Anastasiya Tsilimpou ijro etadi. Axmed I sulton obrazini esa aktyor Ekin Koch gavdalantirgan.

“Axmed sulton — Usmoniylar imperiyasining hukmdori. U serialning har bir qismi davomida ulg‘ayadi va borgan sari beshavqat bo‘lib boradi. Avvaliga u atrofdagilarning fikriga quloq solgan bo‘lsa, kasallikdan tuzalgach, bo‘lib o‘tgan voqealarga afsuslanish tuyg‘usini tuyadi”, deydi aktyor Ekin Koch.

Axmed I ning buvisi Safie Sulton roli Xyulya Avshar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan. Albatta, serialda grek aktrisasi Anastasiya Tsilimpou ishtirokini ko‘rish tomoshabinni biroz taajjublantirishi mumkin. Biroq, aktrisaning aytishicha, ushbu serialda rol ijro etish u uchun kutilmagan taklif bo‘lgan.

“Gresiyada Sulaymon Sulton juda mashhur bo‘lgan. U menda katta taassurot uyg‘otgan edi. Mana endi men ham shu serialning bir qismiga aylandim, bundan esa juda xursandman. Chunki bu menga katta orzu edi. Prodyusserlar menga ushbu rolni taklif etishganda, tushundimki, rolni bor aktyorlik mahoratim, turli emotsiyalar bilan ijro etishim kerak. Va dastlab men ingliz tilida gapirdim, biroq ular mendan turk tilida gapirishimni talab qilishdi. Nachora, ushbu rolni juda ham ijro etgim kelgani bois, qanchalik qiyin bo‘lmasin men buning uddasidan chiqdim”, deb qo‘shimcha qildi aktrisa.

Serial haqida yana ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni keltirish mumkin. Masalan, aktrisa Beren Saat Ko‘sem sultan rolini ijro etish uchun o‘z imidjini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. U sochini kestirib, uni butunlay boshqa rangga bo‘yagan.

“Ko‘sem” seriali 70 ta mamlakatga sotildi va hozircha 20 dan ortiq telekanallar orqali efirga uzatildi. Ha, aytganday, mazkur serial Gollivudda suratga olingan ilk turk filmidir.

Serial haqida ma’lumot to‘plar ekanmiz, o‘zimizning tomoshabinlar fikri bilan ham qiziqdik. Kimdan so‘ramaylik, serial ularga chindan ma’qul kelganini ta’kidlashmoqda. Masalan, ulardan biri, ingliz tili o‘qituvchisi Iroda Olimjonova qanchalik band bo‘lmasin serialni kuzatishni davom ettirayotganini aytdi.

“...“Ko‘sem” serialini rus tilidagi tarjimasini maroq bilan tomosha qildim. Hozir esa serialning o‘zbek tiliga tarjima qilingan variantini ham kuzatib boryapman. Menga serial bosh qahramoni Ko‘semning aqlli ekanligi yoqdi. U turmush o‘rtog‘ining butun avlodini asrab qolish uchun kurashadi. Hamma ishning ko‘zini bilishi tahsinga loyiq. Ana shu ayol obrazida men o‘zimizning kurashuvchan o‘zbek ayollari obrazini ko‘rdim deya olaman.”

Bizni kuzatishda davom eting va sevib tomosha qilayotgan serialingiz haqida yanada ko‘proq ma’lumotlar bilan tanishib boring.

Nigina Hakimova



Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 3159 | Голосов:: 0| Теги:: Ko‘sem, Serial, ma’lumotlar, siz bilib-bilmagan, haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Bevafo Bevafo  
. Alisher Zokirov - Musofir Ayollar  
. Daler - Qanaqasi  
. Jasur Umirov - Avaz  
. Ortiq Sultonov - Bizning Futbolchilar  
. Ozodbek Nazarbekov - Ағаға сағыныш  
. Ruhshona - Yurakkinam  
. Sevara Nazarxon - Izhori Ishq  
. Ulug'bek Halikov - O'rtamizda (Cover Yalla)  
. Tohir Usmonov - Dildorim  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Sevgi (New Version)  
. Ilhom Farmonov - Gulbadan  
. Shahzoda - Begim  
. Farrux Xamrayev - Chang  
. Farhod va Shirin - Guliman  
. DJ Piligrim - Unutmasang Bas  
. Oybek va Nigora - Yalintirma  
. Rayhon - Hamma Jam  .
. Tohir Sodiqov - Meniki Bo'lsa (Remix)  
. Ummon Guruhi - Menga Qarab  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola