Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish endi majburiy emas


Aholi fikri inobatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori sabab ko‘plab noroziliklar yuzaga kelgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amaliy choralar ko‘rildi.

Endilikda 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuni qayd etish o‘rinliki, avtomatik farasi yonadigan mashinalar sirasiga “Malibu”, “Nexia” “Tracker” va eksportga chiqadigan “Cobalt” avtomobillaridagina mavjud.

Shuningdek, kunning yorug‘ vaqtida transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida, bolalar guruhini tashkiliy tashishda, xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda, mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida), mototsikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchilar uchun talablar qat’iylashtirildi. 2020 yil 1 yanvardan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqariladi. Chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligini sertifikatsiyadan o‘tkazish majburiydir.

Mamlakatimizda islohotlar inson va uning manfaatlari uchun ekani keyingi yillarda amalga oshirilayotgan barcha ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Chunonchi, birgina mazkur qarorni ishlab chiqishda aholining fikri inobatga olingani ham buni tasdiqlab turibdi.

Diqqat, haydovchi! Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish endi majburiy emas

Aholi fikri inobatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori sabab ko‘plab noroziliklar yuzaga kelgan edi. O‘zA saytida ham bu mavzuda bir necha maqola ham e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amaliy choralar ko‘rildi.

Endilikda 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuni qayd etish o‘rinliki, avtomatik farasi yonadigan mashinalar sirasiga “Malibu”, “Nexia” “Tracker” va eksportga chiqadigan “Cobalt” avtomobillaridagina mavjud.

Shuningdek, kunning yorug‘ vaqtida transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida, bolalar guruhini tashkiliy tashishda, xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda, mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida), mototsikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak.

Ishlab chiqaruvchilar uchun talablar qat’iylashtirildi. 2020 yil 1 yanvardan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan barcha avtomototransport vositalari ichki bozorga ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan holda chiqariladi. Chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligini sertifikatsiyadan o‘tkazish majburiydir.

Mamlakatimizda islohotlar inson va uning manfaatlari uchun ekani keyingi yillarda amalga oshirilayotgan barcha ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Chunonchi, birgina mazkur qarorni ishlab chiqishda aholining fikri inobatga olingani ham buni tasdiqlab turibdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2223 | Рейтинг: 0| Рейтинг: majburiy emas, endi, Kunduzi chiroqlar, yoqib yurish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное