Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Klon-soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Mansab pillapoyalaridan yuqori odimlashda qo‘l keladigan 8 maslahat

Siz anchadan beri ofisda ishlaysizmi? Mansab pillapoyasida ko‘tarilish bo‘lishini kutyapsiz, biroq bu amalga oshmay turibdi va nima qilishga boshingiz qotdimi? Siz uchun maxsus - mansab pillapoyalaridan olg‘a intilishga yordam beruvchi foydali maslahatlar.
Avval ham karera borasida o‘sishga to‘g‘anoq bo‘ladigan xatolar haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Biroq ishda tezlik bilan “ko‘tarilish” uchun ham muayyan qadamlarni amalga oshirish ham kerak bo‘ladi. Ulardan ba’zilaridan xabardorsiz, boshqalari esa siz uchun yangilik bo‘ladi. Bu maqolada mansab pillapoyalaridan yuqorilash uchun qo‘l keladigan oddiy maslahatlar keltirilgan. Agar mazkur qadamlar amalga oishirilmasa, yuqoriga olib boradigan yo‘l cho‘zilib ketishi mumkin.
1. Odamlarni tinglashni biling
Befoyda suhbatlarda imkoni boricha kamroq ishtirok etishga harakat qiling va ularning tashabbuskori ham bo‘lmang, biroq ishga doir muloqotlarda aksincha ko‘proq ishtirok eting. Ishoning, jim turganingizda va aytilganlar haqida mulohaza qilayotgan vaqtingizda aqlliroq ko‘rinasiz.
Diqqat bilan tinglashni bilish kerak, buni ob’ektiv ravishda amalga oshirishga harakat qilish va suhbatdoshingiz sizga yetkazmoqchi bo‘lgan masala va uning sababini anglash lozim. Zarur bo‘lganidagina gapirishga o‘rganing. Suhbat paytida esa sizga qiziqarli hikoyani so‘zlab berishayotgandek quloq soling.
2. Ishtirok eting
Hamkasblaringizda yechib bo‘lmas murakkablik yuzaga kelsa, o‘z yordamingizni taklif eting. Agar uni qanday hal etishni bilmasangiz, unga mazkur masala yechimi uchun resurs topishga ko‘maklashing, o‘z yog‘ingizda o‘zingiz qovurilmang. Shunday qilsangiz, o‘zgalarning sizga bo‘lgan hurmatiga sazovor bo‘lasiz, shuningdek bebaho tajriba orttirasiz.
Bu norasmiy korporativ ishlarga ham tegishli: bayramlar, tug‘ilgan kunlar, hamkasblarning boshiga musibat tushgan vaqtlar. Ishtirok eting, tashkil etishga yordamlashing, kishilarni qiziqtiring. Noramiy yetakchiga aylaning, biroq bunga juda kirishib ham ketmang, ba’zi hollarda xodimlar yaxshi “jamoatchilarga” aylanish bilangina cheklanib qolishadi.
3. Rivojlantiradigan kitoblarni o‘qing
Ekpert istalganicha bo‘lishi mumkin (doktor Xausni esga olamiz), biroq rahbar tenglar ichida eng yaxshisi bo‘lish bilan bir qatorda, ochiq, ya’ni qo‘l ostidagilarni eshitib, ularni tushunishi va o‘z vaqtida “yo‘q deyishi”, ko‘p vazifalilik rejimida ishlashni bilishi va turli vaziyatlarda “chiqish yo‘li”ni topa olishi lozim.
Shuning uchun o‘qishga, ko‘proq o‘sish uchun esa ko‘proq o‘qishga to‘g‘ri keladi: psixologiya, rag‘bat, boshqaruv, ta’sir ko‘rsatish, notiqlik, vaqtni rejalashtirish. Yiliga 15-20 ta kitob o‘qish yomon ko‘rsatkich emas va buning imkoni bor.
Shuningdek o‘zining boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid bo‘lgan treninglarda ishtirok etish ham yaxshi natija beradi, bunda amaliy dasturiga ega bo‘lganlari ayniqsa ahamiyatlidir. Bir yilda kamida 2-3 treningda qatnashish lozim, kimdir shunday taklif bilan chiqishini kutib o‘tirmang.
4. Xatolaringizni tan oling
Eng kerakli bilim va tajribani biz afsuski shaxsiy xatolarimiz tufayli olamiz. Ishlayotgan vaqtimizda har bir muvaffaqiyatsizlik yorqin karera yakunidek bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa bu bebaho saboqlar bizni keyingi qaror va qo‘yilgan maqsadlarimizga diqqat bilan munosabatda bo‘lishga undaydi.
Ko‘pgina odamlar odatiy hayotda quyidagilar bilan shug‘ullansalar yomon bo‘lmas edi: manmanlik va o‘zingizning muhimligingizni mo‘’tadillashtiring, xatolaringizni tan oling, ularni tushuning, tahlil qiling va keyinchalik takrorlamang.
Qarorlar va javobgarlik qabul qilishdan o‘zini soqit qilish maqsadida xodimlar ko‘p hollarda hech qanday harakatni amalga oshirmaydilar yoki ishni to‘liq hajmda bajarishmaydi. Biroq bir yaxshi psixologik usul mavjud: “Men xato qilishga haqliman, hatto buyuklar ham xato qilganlar, ular oldida men kim bo‘libman”. Xato qilishdan cho‘chimang, o‘z kamchiliklaringizni takrorlashdan qo‘rqing. Doimo harakatda bo‘ling!
Ishdagi xatolaringizni hech qachon yashirmang, buning uchun jazolanishingizni bilsangiz ham. Berkitilgan narsa doim oshkor bo‘ladi. Agar siz berkitayotgan xato salbiy oqibatlarga olib kelsa, bundan yomonroq bo‘ladi. Sizning xodim sifatidagi obro‘yingizga batamom putur yetadi. Yaxshisi xatoingiz haqida rahbariyatni boxabar qiling va agar iloji bo‘lsa, uning to‘g‘irlash yo‘llarini taklif eting.
5. Ishni bajarishga jon-jahdingiz bilan kirishing
Vazifani o‘zingiz uchun bajarayotgandek amalga oshirishga harakat qiling. Sizdan kutayotganlaridan ko‘ra ko‘proq, 110 foizga bajaring.
Vazifaning chegaralarini o‘rganib, unga yangilik kiriting. Balki uni kechikibroq bajararsiz, biroq o‘zgalarni o‘z yondashuvingiz va natijangiz bilan lol qoldirasiz!
Yodda tuting, hamma narsa sizga bog‘liq emas, biroq bor kuchingizni sarflashga majbursiz. Ushbu xususiyatingiz o‘zgalar tomonidan qadrlanadi.
6. Odamlarni ruhlantiring
Odamlarga ular ko‘proq narsalarga erishishlari mumkinligi, xatolar esa vaqtinchalik ekanligini ayting. Ular bilan suhbatda haqgo‘ylik, mehnatsevarlik, shaxsiy rivojlanish, javobgarlik mavzularini muhokama qiling. Ularga pul doim ham eng muhim narsa emasligi, undan boshqa qadriyatlar ham borligi to‘g‘risidagi fikrni yetkazishga harakat qiling. Hech nimaga qaramay, odamlarni olg‘a intilishga rag‘batlantiring, ana shunda siz qo‘llab-quvvatlanasiz.
7. Barcha narsada mas’uliyat
Javobgarlikni o‘z bo‘yningizga oling, uning yukini ko‘taring, hech qachon yengilmang. Albatta, siz charchashingiz mumkin, dav oling va yana olg‘a yuring. Odamlarga barcha ishda mas’ul shaxs yonida bo‘lish yoqadi: u o‘z vaqtida ishga keladi, ishlarni yakuniga yetkazadi, ko‘rinishi yaxshi, o‘z hissiyotlarini nazorat qiladi, unga ishonganlarni tashlab ketmaydi.
Jamoadagi ishonch kafolatiga aylaning. 
Asosiysi – o‘z so‘zingiz va ishingiz uchun o‘zingiz javob bering.
8. O‘zingizga ustoz toping
Mansab pillapoyalaridan sifatli odimlash uchun o‘zingizga ustoz toping. Bu sizning rahbaringiz, qo‘shni bo‘lim rahbari yoki do‘stingiz bo‘lishi mumkin. Undan o‘rganing, unga xatolaringizni ko‘rsatishini ayting. Unga boshqaruv texnologiyalari to‘g‘risida savollar bering – unda siznikiga qaraganda tajriba ko‘proq.
Rahbarning yo‘li - oson yo‘l emas, doimiy ravishda o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan zonadan chiqishingiz, murakkab qarorlar qabul qilish va ular uchun javobgarlikni o‘z bo‘yningizga olishga to‘g‘ri keladi.
Rahbar yo‘lining yaxshi tomoni - o‘zingizni shaxs sifatida rivojlantirishingiz, shu bilan birga mansab pillapoyasidan odimlashingiz kerak bo‘ladi. Yodda tuting, rahbar bo‘lib tug‘ilishmaydi, rahbar bo‘lib yetishiladi.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 7275 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Mansab, maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное