Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Efir Sirlari - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Pazanda - Soundtrack
. Ayol Qalbi - True Love
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qirolicha - Stakan Version
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Psixologlarning 10 noto‘g‘ri maslahati

Murakkab vaziyatga tushib qolgan kishi muammoni hal qilishi mumkin bo‘lgan har qaysi imkoniyatga xuddi cho‘kayotgan odam xasga osilgandek tirmashadi. Ruhshunos qabuliga borish hamda undan maslahat olishni esa muammoning yechimi sifatida qabul qiladi. Ammo ba’zi hollarda mutaxassislarning maslahati yordam berish o‘rniga kichik masalani katta muammoga aylantirib qo‘yishi ham mumkin...
1. Qiyinchiliklarni mustaqil yengish lozim!
Aslida esa...
Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, individual tarzda faoliyat yuritadigan insonlar jamoa bilan ishlaydiganlarga qaraganda tushkunlikka beriluvchan bo‘lishar ekan. Ish yoki shaxsiy hayotdagi muammolarni yolg‘izlikda hal etuvchilarning deyarli barchasi salomatligidan shikoyat qiladi. Shunday ekan, «Kuchli bo‘ling, hammasini o‘zingiz uddalang» degan maslahatga ko‘pam quloq tutavermang. Har qanday insonga dardlashguvchi, qo‘llovchi kerak.
2. Orzuga tezroq yetishmoq uchun uni amalga oshganini tasavvur qilib turish kerak!
Aslida esa...
Ruhshunoslar tomonidan bir guruh talabalarga imtihon oldidan yuqori baho olganlarini tasvirlovchi surat chizishni buyurishdi. Ikkinchi guruh talabalarga esa ikki kun davomida darslarni qaytarish topshirildi. Aynan ana shu ikkinchi guruhdagi talabalar imtihonni a’lo bahoga topshirib chiqishdi. Bu tajribadan shunday xulosa chiqarish mumkin: maqsadga erishilganini tasavvur qilish kishida unga bo‘lgan intilishni susaytirib qo‘yishi ham hech gapmas.
3. Jahlingiz chiqdimi? Yostiqni uring, baqiring yoki yer teping!
Aslida esa...
Bu qarashning xato ekanligini isbotlash uchun ham tajriba o‘tkazilgan. Unda dars qilib o‘tirgan talabalarni o‘qituvchi yarim soat davomida tinmay haqoratlagan. So‘ng guruhning yarmiga nok mevasi tarqatilib, uni ezg‘ilash taklif etilgan, qolganlari esa tinch holatda o‘tirishgan. Tajriba so‘nggida nokni ezg‘ilash talabalarning jahlini tushirishga emas, aksincha yanada avj olishiga xizmat qilgani ma’lum bo‘ldi. Tinch o‘tirgan talabalar esa oz muddatda haqoratlarni unutishga muvaffaq bo‘lishgan. Maslahatimiz shuki, jahl otiga minganingizda chuqur-chuqur nafas olib, tinchlanishga harakat qiling.
4. Hozir bilan yashang, kelajakka sayohat qilavermang!
Aslida esa...
Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan fuqaro muhofazasi o‘quv-mashg‘ulotlarini bir eslang. Ularga asoslanib biz qiyin hamda kutilmagan vaziyat (yong‘in, zilzila, portlash kabi)larda o‘zimizni qanday tutishni o‘rganib, rejalashtirib olamiz. Ro‘y berishi kutilayotgan voqea-hodisalarni ko‘z oldiga keltirish ham ana shunday foyda beradi. Masalan, sizni oldinda oilaviy ajrim yoki ishdan bo‘shash masalasi kutayotgan bo‘lsa, siz har qanday holatga tayyor turishingiz uchun bir marta bo‘lsa-da, xayolan o‘sha vaziyatga tushishingiz tavsiya etiladi.
5. Hayotga doim umid bilan qarang! Optimizm hamrohingiz bo‘lsin...
Aslida esa...
Har qanday vaziyat va masalaga optimistik ruhda yondashish tufayli inson ehtiyot choralarini ko‘rish haqida unutib qo‘yadi. O‘zi yaxshilikni tilayotgani uchun unga ham barcha ana shunday munosabatda bo‘lishiga ishonadi. Ammo aksariyat hollarda buning teskarisi ro‘y beradi. Odamlardan ko‘nglingiz qolishini yoki kimdir sizning qalbingizga ozor berishini istamaysizmi?! Maslahatimiz, hayotga teran va aql bilan boqing!
6. Qo‘rqmang, xatarga tik boqing!
Aslida esa...
Deylik, biror nimadan xavotirdasiz. Ruhshunoslarning gapiga quloq tutib, qo‘rquv sizni tark etishni buyurasiz. «Men qo‘rqmayman, qo‘rqmayman!» deganingiz sari qo‘rquv ong ostiga yanada musmtahkamlanib borar ekan. Shuning uchun holatingizni boricha qabul qiling, sizni bezovta qilayotgan o‘y-xayollaringizni yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Bu mavzuda suhbatlashing. Ana shunda biroz bo‘lsa-da, yengil tortasiz.
7. O‘zingizga yuqori baho bering! Aks holda omadsizga aylanasiz...
Aslida esa...
O‘zini hurmat qilish boshqa, o‘ziga yuqori baho berish boshqa! Ana shu ikki holatning farqini bilish hamda ulardan birinchisiga amal qilish tavsiya etiladi. Ruhshunoslarning kuzatuviga ko‘ra, o‘ziga haddan ortiq yuqori baho berish kishini xudbinga aylantiradi. Bunday insonlar boshqalarning ustidan hukm o‘tkazish, ularning fikrini mensimay, faqat o‘zinikini uqtirish, masxara qilish, ba’zan esa atrofdagilarga nisbatan kuch ishlatishga ham o‘zlarini haqli sanashar ekan. Bu xulosadan keyin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” degan naql bejiz aytilmaganiga amin bo‘lasiz. Maslahatimiz, ko‘zgu qarshisida turib olib, o‘zingizga yuqori baho beravermay, bajargan ishlaringiz va qo‘lga kiritgan yutuqlaringiz ortidan faxrlanishni o‘rganing.
8. Qarama-qarshi qutblar bir butun bo‘ladi. Shu bois do‘st va juftingiz sizga o‘xshamagan bo‘lsin!
Aslida esa...
Odatda og‘ir-bosiq yoki kamgap yigitlarga shaddodgina qizlarni kelin qilishga harakat qilishadi. Ota-onalarning fikricha, turli xil fe’l-atvorli kishilarning juftligi mustahkam bo‘lar emish. Bu shunchaki farazlar, ular hayotda ham (ayrim tasodiflarni inobatga olmaganda), fanda ham o‘z isbotini topmagan. Bizda bu fikrni xatoga chiqarish niyati yo‘q. Biroq masalaga oydinlik kiritmasak bo‘lmaydi. Bolaligimizdan o‘zimizga o‘xshagan tengqurlarimiz bilan do‘stlashamiz. Ulg‘ayib, ishlayotganimizda ham qarashlari bizniki bilan bir xil bo‘lgan hamkasblarni ko‘proq hurmat qilamiz. Didi, dunyoqarashi, yashash tarzi, bilimi o‘xshash bo‘lgan insonlarning do‘stligi mustahkam bo‘lgani kabi, turmushi va baxti ham bardavom bo‘ladi.
9. Chin dildan istasang, niyatingga yetasan!
Aslida esa...
Boyib ketishni yoki oilaviy baxtga erishishni kim istamaydi deysiz! Lekin bu orzular amalga oshishi uchun ertalabdan kechgacha niyat qilib o‘tirishning o‘zi kifoyami?! «Harakatda — barakat» emasmi?! «Olma pish — og‘zimga tush» bilan ish bitmaganidek, istaklar amalga oshishi uchun shunga yarasha harakat qilish ham zarur! Ba’zan biror narsani haddan ortiq xohlasak, uning amalga oshishi yo‘lida o‘zimiz anglamagan holda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yamiz. Maslahatimiz, asabiylashmasdan, aql bilan ish tuting! Ana shunda har qanday cho‘qqini ham zabt eta olasiz!
10. Barchamiz individualmiz! Kimdir tunni bedor o‘tkazsa, kimdir erta uyquga ketadi...
Aslida esa...
Bir sutkada 8 soat uxlamaslik, tunni bedor o‘tkazish barchaning sog‘lig‘i uchun birdek zarar. Tunda uxlamaydigan kishilarning organizmida uyqu davomida ishlab chiqariladigan melotanin gormonining miqdori keskin kamayib ketadi. Buning oqibatida esa gormonal fon o‘zgaradi, bepushtlik, ko‘krak hamda prostatit saratonining yuzaga kelish xavfi keskin ortadi. Shuningdek, depressiyaga moyillik ham ortadi. Sanalgan muammolar bilan ro‘baro‘ kelishni istamasangiz, o‘z vaqtida va yetarlicha vaqt uxlashga odatlaning!


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4136 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 10 noto‘g‘ri, Psixologlar, maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное