Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

O‘ylash emas, harakat qilish muhim!




Bloger va ishbilarmon Tomas Oppong bir joyda "qotib qolgan" va hech harakatga kirisha olmayotgan insonlarga turtki berishni yaxshi biladi. "Layfxaker" uning maqolalaridan biri bilan bo‘lishdi. 
Qo‘lni qovushtirib o‘tirib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun qulay fursat kutib o‘tirmang. Hozirning o‘zidanoq ishga kirishing - harakat natija beradi. Natija esa harakatga sabab bo‘ladi. Siz biror narsani o‘ylab olguningizcha atrofingizdagi olam to‘xtab turmaydi. Hamma narsani qayta-qayta mushohada qilavermay, shunchaki harakat qiling. 
"O‘rganishimiz kerak bo‘lgan ishni uni bajaribgina o‘rgana olamiz!"
Arastu
Biz ko‘pincha o‘z bilimimiz qopqoniga tushamiz: biror bir harakatni amalga oshirishdan avval yangi ma’lumotlar va malaka ketidan quvamiz. Aslida esa yangi bilimlar ketiga tushish murakkab va yoqimsiz ishni keyinga qoldirishga imkon beruvchi bahonadir. Biror ish haqida ma’lumot olgandan ko‘ra, bu sohani amalda sinab ko‘rish ancha foydaliroq. 
Taniqli bloger Jeyms Klir buni quyidagicha izohlaydi: 
"Passiv o‘rganish jarayonida yangi bilimlarga ega bo‘lsak-da, biz ularni amalda qanday qo‘llashni bilmaymiz. Tajriba esa o‘rganishning eng yaxshi shakli. Xatolarga yo‘l qo‘yibgina u yoki bu sohaning qanday tuzilganligini haqiqatdan tushuna boshlaymiz". 
Jeyms Klir
Albatta, har qanday ishni boshlashdan oldin bunga asos bo‘la oladigan bilim zarur, lekin biror ishni boshlash uchun u haqida barcha ma’lumotlarni to‘liq bilish shart emas.
Hamma narsaga tayyor bo‘lishning iloji yo‘q. Agar sizning maqsadingiz - bilim olish emas, muayyan bir natijaga erishish bo‘lsa, u holda yangi ma’lumotni o‘rganishga sarflangan vaqt shunchaki zoye ketgan bo‘lishi mumkin. 
Hech kim biror bir ishni birinchi urinishdayoq a’lo darajada uddalamaydi. Malaka tajriba davomida orttiriladi - faqat mana shu yo‘l orqali o‘z ishingizning ustasi bo‘lishingiz mumkin. Tomas Sterner o‘zining "Fikr kuchi bilan orzuga erishish" kitobida shu mavzuga qo‘l urgan. 
"Barcha yutuqlar shunchaki qo‘lga kiritlmaydi, ular katta  tajribani talab qiladi. Hayotning o‘zi ham - takrorlanuvchi harakatlarning ketma-ketligidan iborat. Tajriba nima uchun kerakligini anglab yetganimizda, yangi narsani o‘rganish zarurati stressga sabab bo‘lmaydi va xotirjamlik hamda qoniqish hissini beruvchi jarayonga aylanadi, shuningdek hayotdagi muammolarga boshqacha nazar tashlashga yordam beradi".
Tomas Sterner
Tajriba — komillikka yetishish yo‘lida mashaqqatli mehnat yoki vaqt yo‘qotish emas, balki qoniqish hissini beruvchi jarayondir. O‘zingizga xato qilishga imkon bering. Vaqt o‘tgan sari hamma narsani yaxshiroq uddalay boshlaysiz, shunda siz maqsadga erishish yo‘lidagi jarayondan bahramand bo‘lishni o‘rganasiz. 
Tomas Oppong - taniqli bloger va ishbilarmon, Alltopstartups.com servisi asoschisi
 


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 4671 | Рейтинг: 1| Рейтинг: harakat qilish muhim, maslahat, O‘ylash emas
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное