Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Kuz ertagi-soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Efir Sirlari - Piano Version
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. IRIS-soundtreck [New 2012]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Matyoqub Matchonov o`zi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi




 

O`zbek Drama teatri aktyori, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Matyoqub Matchonov haqida so`nggi oylarda turli gap-so`zlar tarqaldi. Aktyorning hayotidagi qora chiziqlarni esa hamma o`zicha baholab, xulosa qilishga ham ulgurishdi. Ammo qo`limizda aniq ma`lumotimiz bo`lmagani uchun biz  yozmadik. Chunki bir kun albatta aktyorning o`zi bilan ko`rishib, vaziyatga aniqlik kiritishimizga ishonardik. Mana o`sha kun ham etib keldi. Bugun Matyoqub Machonov “Darakchi” gazetasi mehmoni! U bilan suhbat davomida so`nggi to`rt oy ichidagi voqealar, kechinmalar va albatta kelajak haqida so`z yurtidik...

— Sizni ko`rganimizdan xursandmiz. 

— Men ham! Bilasizmi, suhbatimiz avvalida, bir gapni alohida ta`kidlashni istardim. “Darakchi” gazetasi va “Mening yurtim” telekanali o`tgan to`rt oy ichida meni ruhan qo`llab-quvvatlab turgan do`stlarim qatorida bo`lishdi. Chunki ishtirok etgan filmlarim haqida ma`lumotlar, suratga olingan kartinalarning namoyishini to`xtatishmaganini eshitdim. Buning uchun alohida rahmat aytaman. 

— Shu o`rinda bo`lib o`tgan voqealarni o`zingizdan so`rab, aniqlik kiritsak degandik...

— Inson baribir o`zi bilmagan holda xatolarga yo`l qo`yar ekan. Aytmoqchimanki, ko`ngilchan, ishonuvchanlik bilan pand er ekanmiz. Men ham vaziyat qurboniga aylanib qoldim. San`atdan bo`sh vaqtimda tadbirkorlik bilan shug`ullanib, birovlarga ishonib qolgan ekanman. Aldandim. Lekin meni tanigan, hurmat qilgan va muxlislik qilganlarni uyaltirib qo`yadigan ish qilmaganman. Asosiysi, men Vatanimga, oilamga va xalqimga hech qachon xiyonat qilmaganman, qilmayman ham. Buni baralla ayta olaman. Bo`lib o`tgan voqealarga esa batafsil to`xtalib o`tishni istamasdim... To`rt oy ichida o`zimdan o`tganini o`zim bildim, bu men uchun bir umrga ta`tigulik maktab bo`ldi. Meni shu kuyga solganlarga esa aytar gapim yo`q. Hammaning o`z vijdoniga havola. 

— Yaxshi-yomon kunlarda do`stlar saralanadi, deyishadi...

—  Balki... Lekin mening vaziyatimda do`stlarim saralanib, kamaygani yo`q. Aksincha ularning soni ortdi. Shu kungacha sevimli ekanligimni, do`stlarim qattiq qadrlashini bilmagan ekanman. O`tgan vaqt davomida hamkasblarim, yaqinlarim, shogirdlarim kuch bag`ishlab turishdi. Buning uchun ularga minnadorchilik bildiraman. Hukumatimiz tomonidan e`lon qilingan amnistiya sabab ozodlikka chiqdim. Buning uchun hukumatimizga ham alohida tashakkur aytaman. 

Biroq bo`lgan vaziyatni bilib-bilmay baholab, obro`imga putur etkazmoqchi bo`lganlar ham topildi. “Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi” deganlaridek, mana yorug` kunlarga ham chiqdim. Ular esa o`sha zahoti niqoblarini o`zgartirib, mendan uzr so`rashga shoshilishdi. Ortimdan tuhmat-bo`hton qilib, keyin kechirim so`rashning nima keragi bor? To`g`rimi? 

— Og`ir kunlarda ishonch bag`ishlagan narsalar haqida gapirsangiz...

— Har bir aktyor rol ijro etar ekan, ijodi orqali tomoshabinlarga nimanidir etkazmoqchi bo`ladi. Men ham  bu sohada qilishim kerak bo`lgan ishlarim ko`pligini, muxlislarga aytib ulgurmagan gaplarim borligini yurakdan his etib turdim. Ijodda biroz tanaffus qilgan bo`lsam-da, lekin fikr-u xayolim faqat ijodda bo`ldi. Bir-ikkita syujjetlar ham o`ylab qo`ydim. Ijodkor ekanligim menga ruhan kuch bag`ishlab turdi. Tomoshabinlar oldida “qarzim”, aytadigan gapim juda ko`p. Ularni etkazish uchun o`zimni to`laqonli ijodga bag`ishlayman.

— Inson har qanday yoshda qayta tarbiyalanishi mumkin, deyishadi...

—  Aslida, inson tug`ilgandan, to qabrgacha o`zini o`zi tarbiyalab, ilm o`rganim boraveradi. Men ham bundan mustasno emasman. Bo`lgan vaziyatda qayta tarbiyalandim, lekin umuman boshqa insonga aylandim demayman. Chunki men o`sha-o`shaman. O`zimga kerakli xulosalar chiqardim xolos. 

— Ozodlikka chiqib, birinchi o`rinda nima haqida o`yladingiz?

— Nabiralarimni juda sog`ingan edim. Ular bilan tezroq uchrashishni o`yladim. Ikkinchi o`rinda esa chala qolgan ijodiy ishlarimiz borligini, mening aybim bilan qolib ketgan filmlarni yakunlab qo`yishim kerakligini o`yladim. Shuning uchun ham ikki kun oilam davrasida o`tirib, keyin ishga sho`ng`ib ketdim. 

— Qanday ijodiy ishlar bilan bandsiz? Nimalarni rejalashtiryapsiz?

— Jahongir Ahmedov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan filmni yakunlashimiz kerak. Tez kunlarda tasvirga olish jarayonini davom etiramiz. Premeradan so`ng baho berasiz. Bundan tashqari teatrda bir nechta spektakllarni sahnalashtirishni rejalashtirilganmiz. Bulardan biri, “Farishta” asarini yigirma daqiqalik spektakl ko`rinishida sahnaga olib chiqdik. Rejissyor sifatida, ushbu asar orqali tomoshabinlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega voqeani ko`rsatib bermoqchiman. Ya`ni, mol-dunyo topaman deb yaqinlaridan judo bo`lgan bosh qahramon voqeasi ko`pchilikka o`rnak bo`ladi deb o`ylayman. 

— Kino sohasida ham rejissyorlikka qo`l urish niyatingiz bormi?

— Men uchun kinoda rejissyorlik qilishdan ko`ra rol o`ynash zavqliroq. Yanada ochiqroq aytadigan bo`lsam, filmda rejissyorlik qilishdan qo`rqaman.  

— Tomoshabinlarning tanqidiy munosabati cho`chitadimi, yoki...

— Yo`q-yo`q! Men aktyor sifatida e`tibor qozongan ijodkorman. Agar men suratga oladigan filmim, rollarimdan ko`ra pastroq darajada bo`lsa, birinchi navbatda o`zimni o`zim kechirolmayman. Ikkinchidan esa, bu sohada o`qimasdan, uning sir-asrorlarini bilmasdan ishga kirishish noto`g`ri deb bilaman. To`g`ri, rejissyorlik qilayotgan bir necha aktyorlarni misol qilishingiz mumkin. Biroq men yaxshi va saviyali filmlar tarafdoriman. Bundan tashqari yuqorida aytganimdek, mening aktyor sifatida aytadigan gaplarim juda ko`p. 

— Bugungi rejissyorlar aktyorlarni taqsimlab olgandek? Masalan, sizni ham Jahongir Ahmedov kinolarida ko`p ko`ramiz?

— Hammaning o`z aktyori bor degan gapga qo`shilmayman. Shaxsan men boshqa rejissyorlar bilan ham hamkorlikda ishlayveraman. Rustam Sa`diev, Abduvohid G`aniev, Bahrom Yoqubovlar gapimga misol bo`la oladi. Lekin Jahongir bilan nisbatan ko`proq ishlaymiz. Sababi, dunyoqarashimiz bir-biriga juda yaqin. U chapani,  beg`ubor va o`ta samimiy inson. Men yoshligimda unga o`xshardim. Jahongir ham yoshi o`tgan sayin tabiati va hayotga qarashlarini menikiga o`xshab qolsa kerak. Balki shuning uchun ham u bilan ko`proq ishlasak kerak. Rejissyor va aktyor sifatida g`oyalarimiz ham juda o`xshaydi. Bu esa o`z-o`zidan hamkorlikni osonlashtiradi. 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5045 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Matyoqub Matchonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Vatanimga oilamga xalqimga hechqachon xiyonat qilmaganman, Shuningg uchunham sizni hamma hurmat qiladide
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное