Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO PREMYERALAR

Aktyor Matyoqub Matchonov “super-komediya” deb ta’riflangan “Supraqoqdi” filmida bosh rolni ijro etadi

 
Rejissor Jahongir Ahmedov Instagram’dagi sahifasida aktyor Matyoqub Matchonov bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. Ahmedovning qayd etishicha, taniqli aktyor bilan hamkorlikda, “talablarga binoan, yangi kinokomediya”ni suratga olish ishlari boshlangan.
Jurnalist Feruz Muhammad yangi film haqida batafsil axborot olish maqsadida, rejissor bilan bog‘landi.
 
“Hayotiy voqeaga asoslangan super-komediya suratga olishga kirishganmiz. Bundan avval suratga olingan ‘Tilim qursin’ komediyasida ham xuddi hozirgidek katta shijoat, katta kuch bilan miriqib, o‘zimiz mazza qilib ishlagan edik, hozir ham shunday bo‘lyapti. Yangi film hozirgacha olingan komediyalarning har qanday formatlaridan yuqori darajada bo‘ladi. Film g‘oyasi, ijodiy jamoa va ish jarayoning o‘zi nihoyatda qaynoqligi bilan ham bu fikrimni asoslashim mumkin”, — deydi Jahongir Ahmedov.
 
“Hozircha film g‘oyasi haqida ma’lumot bera olmayman, ammo filmning ishchi nomi ‘Supraqoqdi’ ekanini aytishim mumkin. Filmda bosh rollarni Matyoqub Matchonov hamda Ra’no Yarashova ijro etadi. Bilasiz, har bir filmda debyutant aktyor, aktrisalarga ishonib, ularning qobilyatiga qarab, katta-kichik rollar beraman. Yangi kartinada ham Matyoqub Matchonov va Ra’no Yarashova tajribasi soyasida yangi chehralarga katta imkoniyat bermoqchiman”, — deya qo‘shimcha qildi rejissor.
 
Filmni tasvirga olish jarayoni qachon yakuniga yetib, taqdimoti qachon bo‘lishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.


Manba:daryo.uz
Категория: KINO PREMYERALAR
Просмотров: 3489 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jahongir Ahmedov, Matyoqub Matchonov
--DIQQAT, DIQQAT SIZDA MUAMMOLAR YUZAGA KELDIMI?--

KINO FILMNI Ko'chirib olishda muammolar bormi?
Unda
"Internet Download Manager" dasturi siz uchun.
KO'CHIRIB OLING!
va saytimizdan MP3 va KINOLARNI  Yuqori Tezlikda Yuklang!
YUKLASH, СКАЧАТЬ (3.89Mb)  

Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное