Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Messi bilan 4 yillik shartnoma imzolash «Yuventus» uchun qanchaga tushadi?


“Barselona” hujumchisi Lionel Messini o'z safiga qo'shib olish uchun Italiya klublari qancha mablag' sarflashi ma'lum qilindi.

Tuttosport’ning xabariga ko'ra, harajat masalasi ko'p jihatdan Messiga tegishli bo'lgan imidj huquqlariga bog'liq hisoblanadi.

“Barsa”da futbolchi sof 35 mln yevro oladi. Bu uni boshqa klubda qoniqtiradigan minimal maosh hisoblanadi. Soliqlar bilan birga esa Messining maoshi klub uchun 66 mln yevroga tushadi. Agar, “Yuventus” soliq ulushini kamaytiradigan bo'lsa, unda bu summa 51 millionni tashkil etadi.

Shunday qilib, Messi o'tganidan keyin uning xarajatlari miqdori yiliga 86 mln.dan 91 million yevrogacha bo'lishi mumkin. Bu holda, u bilan 4 yillik shartnomaning umumiy qiymati 350-365 mln. yevroga teng keladi.

Kataloniyaliklar rahbariyatining sobiq vakillaridan biri Aryedo Braydaning so'zlariga ko'ra, Italiyada Messini faqatgina “Yuventus” hamda “Inter” qo'lga kirita olish ehtimoli bor.



Manba:Hordiq.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 6276 | Рейтинг: 1| Рейтинг: MESSI, Yuventus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное