Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Messi PSJga mo‘maygina daromad keltirdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolash Fransiyaning PSJ klubiga bir yilda taxminan 700 million yevro ishlab olish imkonini berdi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoqda. 

Manbaga ko‘ra, Messini sotib olgach, PSJning imij huquqidan keladigan daromadlari sezilarli darajada o‘sgan. Qolaversa, Parij klubi marketing taraflama ham yuksak o‘sish qayd etdi.

Ta’kidlash joiz-ki, 35 yoshli Messining transferi PSJga 10 ta yangi homiylik shartnomasini tuzish va klubning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar sonini 15 millionga oshirish imkonini berdi. Fransuz klubi birinchi marta milliondan ortiq futbolka sotishning uddasidan chiqdi. Ya’ni, faqatgina Messining ismi yozilgan futbolkalar 1 milliondan ortiq sotildi. Bungacha na Neymar, na Mbappe ushbu ko‘rsatkichga yaqin ham kelolmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 24 iyun kuni Lionel Messi o‘zining 35 yoshini qarshi olmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Messi parijliklar safiga 2021 yilning yozida erkin agent kelib qo‘shilgandi. Lionel PSJ safida 34 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yana bir yil muddatga amal qiladi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4644 | Рейтинг: 0| Рейтинг: daromad, mo‘maygina, PSJ, keltirdi, MESSI
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное