Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Million”chilar nega jamoani tark etishdi?


So‘nggi ikki yil ichida o‘zlarining konsertlari bilan xalq tiliga tushgan “Million” jamoasi, 2018 yilgi konsertga ham tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Kuni kecha, jamoaning a’zosi Davron Kabulov mart va aprel kunlarida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi konsert kunlarini ma’lum qildi. Shuningdek, Kabulov o‘zining instagram sahifasida “Million”ni Umid Umarov, Otabek Mirzaxolov, Shaxlo Zoirova va Axmad Temurovlar tark etganini ham yozib qoldirdi.

“Shu yilning 30-martidan 5-apreliga kadar «Istiklol» san’at saroyida «Million» jamoasi uzining yangi dasturini muxlislar xukmiga xavola etadi.
Oldindan aytaman, mazkur konsertda jamoamizning siz kurib urgangan tarkibini kurmaysiz. Turli sabablarga kura, Umid Umarov, Otabek Mirzaxolov, Shaxlo Zoirova va Axmad Temurov jamoani tark etishdi. Ular xakida yaxshi yoki yomon fikr bildirmayman. Xammaning uziga insof bersin. Asosiysi, jamoaning Mirkomil va Alisher kabi ustunlari, tirikchilik baxona vijdoniga kushib dustini sotib yubormaydigan Umidlar xamon «Million»ni yanada rivojlantirish yulida izlanishmokda.
Tabiiyki, «Million» bir aktyorning jamoasi emas va tarkibda yangi, bir vaktning uzida sizga juda tanish nomlarga guvox bulasiz. Tushunib turganingizdek, konsertgacha xamma kartalarni ochmaymiz - syurpriz bula kolsin;)
Savol tugilishi mumkin: yangilangan «Million» kanday kurinishda buladi? Avvalgisi kabi kizikarli bula oladimi? Xudo xoxlasa, kup vakt utmay oldingisidan kuchli buladi. Allox yuz ugirmasa, muxlislar teskari karamasa bas.
Uz vaktida jamoani mustakil kilib olib chikishda karshiliklar, kiyinchiliklar, taxdidlar, duk-pupisalar kup bulgan. Yaxshilab eslab kuring, vaktida «ustoz» san’atkorlardan tortib, «buyurtmachi» jurnalistlarning tankid toshlariga xam nishon buldik. 30 yoshga chikmay 2,5 yillik «zapret»ni kurishgayam ulgurdik)) tuxmatchi xonandayam tashlanib kurdi, xatto bir masjid imomi ugri-yu kazzob chetda kolib «Million»ni koraladi. Sinmaslikka xarakat kila-kila, sinovlar jamoasiga aylanib koldik:) Inshaalox, bunisidan xam yorug yuz bilan utamiz. Asosiysi, ugrilik kilmayapmiz, arok ichib, nasha chekib «bugunim utsa buldi» kabilida yashamayapmiz. Odamlarning kunglini olish, xalkning kayfiyatini kutarish maksadi bilan mexnat kilyapmiz. Yana ota-onamizning duosini olish xarakatidamiz. Bundaylarning utda yonmasligi-yu, suvda chukmasligidan bashorat bor...
Konsertda kurishguncha! Davron Kabulov” deydi uning o‘zi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19047 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Million
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi Iyaaa :o
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное