Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muhabbat tafti: Arnav bedarak yo‘qoldi, Kxushi esa o‘z joniga qasd qilmoqchi...

Siz sevib tomosha qilayotgan serial voqealari atrofida shov-shuvga arzirli yangiliklar ko‘paymoqda. Shyamning  asl niyati tez kunlarda fosh bo‘ladi. Ammo Arnavning tushunarsiz harakatlariga qanday izoh bor? Kxushi-chi, u qanday yo‘l tutadi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. 
•  Arnav, Kxushini ranjitgani uchun o‘zini aybdor biladi. Qattiq o‘ylanganidan tushida ham Kxushining qo‘lidan tutib turganini ko‘radi. Kxushi esa Arnavning kundaligini topib oladi. Undagi o‘zgarishlar sababini bilish uchun kundalikni varoqlashga tushadi. 
•  Lavane bilan telefon orqali suhbatlashayotgan Arnavning so‘zlarini eshitib qolgan Kxushi, meni gumdon qilib, o‘zi Lavanega uylanmoqchi degan xayolga boradi. Nahot shu rost bo‘lsa?
•  Arnav yirtilgan sumkasini ko‘rib qoladi. Xolasi bu kalamushlarning ishi degach, undan kemiruvchilar uchun zahar keltirishni so‘raydi. Ularni kuzatib turgan Kxushi esa zahar men uchun atalgan deb o‘ylaydi. Shyam, Anjaliga ziyon yetkazmoqchi bo‘ladi. Ammo o‘zi bilmagan holda uning hayotini saqlab qoladi. 
•  Kxushi o‘z joniga qasd qilmoqchi. Uni bunga nima majbur qildi?  
•  Oilasi va Arnavga maktub qoldirib, Kxushi baland binoning yuqori qavatiga ko‘tariladi. U o‘zini pastga tashlamoqchi. Xatni o‘qigan Arnav qizni qutqarib qoladi. 
•  Nihoyat Arnav sirni fosh etdi. Uning Kxushiga uylanishi, Anjalining nikohini saqlab qolish uchun qilingan ish edi. 
•  Arnav, Kxushi va Shyamning fotihasi allaqachon bekor bo‘lganidan xabar topib, «bu sen o‘ylab topgan navbatdagi bahona, ishonmayman»  deydi. Shyam, olovga moy sepib, ikkisining munosabatlariga yanada sovuqchilik soladi. U Kxushindan hujjatlarga imzo chekishni talab qiladi. 
•   Kxushi hujjatlarga imzo qo‘yishni istamaydi. Shyamning rejasini fosh qilgani uchun u o‘zidan havotirda.  
•  Shyam nazarda tutgan hujjatlar imzolanadi. Kxushi, Anjalining onasi tavallud topgan kundan xabar topadi. Arnavning xonasida xujjatlarni tartibga keltirayotgan Shyamdan,  Kxushi  Arnav bilan uchrashishni so‘raydi. 
•  Shyam, Kxushi yashirib qo‘ygan haqiqiy hujjatlarni topib oladi. Anjali Payyalga idish-tovoqlar turadigan jovonni qulflab qo‘yishni aytadi. Babbli jovon ichiga yashirinadi. 
•  Kxushi hujjatlar yo‘qligini bilib, bu ishda Shyamdan gumonsiraydi. Nani, Kxushi va Payyalga Manoramaning akasi Chanduni tanishtiradi. 
•  Arnavning uyali telefonidan Kxushinga xabar keladi. Qizig‘i, bu Arnavning nomasi emas, balki notanish kimsa tomonidan yo‘llangan maktub. Nani xavotirga tushib qolgan Kxushinni tinchlantirishga urinadi. Kxushi va Babblining birgalikdagi suratini ko‘rib qolgan Manorama o‘sha kundan buyon shubhada. Kxushi Shyamning diplomatini topib oladi. 
•  Arnavning raqamidan kelgan noma Kxushini sarosimaga solib qo‘yadi. Kxushi, taom olib kelgan Shyamning yoqasidan olib «Arnav qaerda?» deb dod soladi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4906 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное