Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qo'rqmas - soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Pazanda - Sad Love
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Klon-soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Pazanda - The Sound of Love
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muhabbat tafti: Khushi avtohalokatga uchradi...

«Mening yurtim» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Muhabbat tafti» serialining ixlosmandlari uchun ajoyib yangiligimiz bor. Arnav va Kxushi munosabatlari kutilmagan burilish oldi! Shyam indamay ketaverdimi dersiz?! Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. 
•  Arnav, to‘yda hind rasm-rusmlari bo‘lmasligini aytadi. Kxushining bunday jaxli chiqqan. Tushlikka tushmagan Anjalidan xavotir olgan Arnav uning xonasiga ko‘tariladi. 
•  To‘yga tayyogarlik vaqti Nani raqs musobaqasida g‘olib chiqqanga Nataraja ma’budining qirq yillik haykalini sovg‘a qilishini aytadi. Kxushi va Arnav bir-biri bilan bahs boylaydi. Ular chindan ham bellashishmoqchimi? Mashg‘ulotlar vaqti Shyam Kxushini zimdan kuzatayotganini Madxumati sezib qoladi. Nanda Kishorening Kxushiga qo‘ng‘iroq qilganini bilgan Arnav yana g‘azab otida? Nahot u rashk qilayapti?! 
•  Manorama, Payyalga «Akashni mendan tortib olding» deydi. Akash hamish sizning o‘g‘lingiz bo‘lib qolaman deb, Manoramani tinchlantiriga urinadi. Payyal xavotirda, to‘ydan so‘ng Manorama uni sig‘ishtirmasa-chi? Kxushi, qizni tinchlantirish uchun Manorama va Madxumati haqida iliq fikrlar aytadi. Kxushining xuddi Manorama singari kiyinib olgani Arnavga yoqib qoladi. 
•  Madxumatining Anjaliga bergan sovg‘asi Manoramaga ma’qul kelmaydi. Akash sovg‘a uchun Madxumatiga minnatdorchilik bildiradi. To‘y oldi kayfiyati buzilgan Payyal hali ham qo‘rquvda. 
Shyam shirinliklar solingan qutiga chayonni yashirib qo‘yadi. Quti esa Anjaliga atalgan edi. Shyamning rejasiga ko‘ra, Anjali chayon chaqishidan o‘lishi kerak!
•  Shyam shirinliklar solingan qutini oshxonada uchratib qoladi. Manorama tanlovda g‘olib chiqishlari uchun Madxumatining sharbatiga liker aralashtirib qo‘yadi. Ichimlik ta’sirida Madxumati o‘zini nazorat qilolmaydi. Tanlovda Rayzadlar oilasi yetakchilik qiladi. 
•  Nanda Kishore Kxushini tinchlantirishga urinadi. Arnav esa aksincha g‘ashiga tegishga harakat qiladi. Manorama mehmonlar oldida Payyalni haqoratlaydi. 
• Kxushi bor mahoratini namoyish etib, yig‘ilganlarni hayratga soladi. 
•  Arnav, Kxushini kulguga oladi. Shyam rad etilgan sevgisi uchun Kxushinni ta’qib qiladi. Arnavning fikricha, Kxushi atay yig‘layapti, go‘yo o‘ziga e’tibor qaratish uchun...
• Madxumati Manoramaning hiylasini bilib qolib, uni siquvga oladi. Kxushi raqsda sheriksiz qoldi. Endi buyog‘i nima bo‘ladi? 
•  Hamma hayron: Arnav,  raqsda Kxushiga sherik bo‘lmoqchi. Ikkisining birgalikdagi raqsi hech kimni befarq qoldirmaydi. Faqat Manorama va Shyamgina Arnav va Kxushining birga raqs tushayotganidan achchiqda.
•   Kxushi birga raqs tushgani uchun Arnavga minnatdorchilik bildiradi. Arnavning mulozamati esa qizning yuziga  qizillik yugurtiradi. Kxushi eng yaxshi raqs namoyishi uchun oltin haykalcha bilan taqdirlanadi. Arnav va Kxushini birga ko‘rgan Shyam jahli chiqayotganini yashirmaydi. U shirinliklar qutisiga solgan chayonni Anjalining krovatiga berkitadi. 
• Chayon voqeasidan so‘ng Arnav, Anjaliga g‘amxo‘rlik qiladi. U Mexendi naqshini chizish marosimini o‘tkazish taklifi bilan chiqadi. Marosim payti Akash Rayzadlar xonadoniga kirib oladi. Marosimda Nanda Kishore ham ishtirok etadi. Ammo uni hech kim tanimaydi? Qiziq nega?
• Anjali, Payyal uchun eng mohir rassomni chaqiradi. Manorama birinchi bo‘lib menga naqsh chizishsin deb talab qiladi. Rassom adashib ketib, Kxushinning qo‘liga Arnavning ismini yozadi. Nani, qizil sari va oilaviy meros sanalgan taqinchoqni Payyalga beradi. Manorama kayfiyatsiz...
• Arnav, Kxushining qo‘lidagi naqshni ko‘rdi. Payyal, Manoramaning xonasiga choy olib kiradi. Manorama to‘ydan keyin xizmatkorim bo‘lasan deydi. Kxushi yanglish yozilgan ismni o‘chirib  tashlamoqchi. U Payyalning bilaguzugini hovuzga uloqtiradi. Arnav Kxushindan bo‘sa oladi. 
• Anjali, Kxushining qo‘lidagi «A» xarfini ko‘rib qoladi. Nani ikkisi Arnav va Kxushini yaqinlashtirish uchun reja tuzishadi. Madxumati, Akashning kostyumini olib berish uchun Kxushini Rayzadlar xonadoniga jo‘natadi. Arnavning rashkini keltirish uchun Kxushi Nanda Kishore bilan suhbatlashadi. Shyam, Anjalining joniga qasd qilishning yangi usulini o‘ylab topdi.
•  Nani va Anjali, Kxushi va Arnav bir-biriga befarq emas degan fikrga kelishadi. Ikkisining rejasiga ko‘ra, Arnav ko‘nglidagini tan olishi uchun Kxushini Nanda Kishorega rashq qilishi kerak. Shashi falaj bo‘lgan qo‘li bilan Payyalga fotiha beradi. 
•   Nani va Anjalining rejasi ish berdi. Biroq Arnav Kxushini topolmaydi. Ortidan ketayotib, yo‘lda sodir bo‘lgan avtohalokat ustidan chiqadi. Bir ayol va erkak jarohat olganini eshitgach, yo‘l chetida bilakuzukka ko‘zi tushadi. Kxushiga nima bo‘ldi?


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9017 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sanjarezoz MY5 vaqtini o‘zgartirdimi serialni. Ikki kundan buyon ko‘romayapman. Iltimos to‘liq ma‘lumot berinla.
Like | 0
ulugbek1995 Zb nega kere bu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное