Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat tafti”: Shyam nega shashini o‘ldirmoqchi?

“Muhabbat tafti” serialini “Mening yurtim” telekanali orqali tomosha qilayotgan tomoshabinlar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Muxlislarning qiziqishini hisobga olgan holda serial voqealari rivoji bilan oldindan tanishtirishda davom etamiz...
Arnav gullarga suv quyayotganda boshi aylanib ketadi. Anjali esa ularni Pujaga taklif qilganini tan oladi. Lavanya Kxushiga Arnav Naynitalga ketmoqchiligini aytadi.
Kxushi Arnavning tobi qochganini ko‘radi. Payyal Akash va uning ota-onasini mehmonga chaqiradi. Kxushi ulardan kechirim so‘rayotganda Arnav qizning ustidan kuladi.
Madxumati Shyamdan uning burjini so‘raydi. Arnavni mashina yukxonasidan  topgach, Nani Lavanyani ilohiy suvda yuvinishga uringani uchun urishadi.  Naynitalga ketayotib, Arnavning mashinasi buziladi. Kxushining yo‘l bo‘yi gapirishi uning g‘ashiga tegadi.
Shashi Shyamga uning haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatadi va haqiqiy tug‘ilgan yilini so‘raydi. Kxushi o‘raga tushib ketadi uni Arnav topib oladi. 
Arnav va Kxushi bekatda to‘xtashadi. Shashi oilasidagilarga  Kxushi Arnav bilan Naynitalga ketganini aytadi. Akash Payyalga qo‘ng‘iroq qilib kechirim so‘ramoqchi bo‘ladi lekin u javob bermaydi.
Shashi Shyamni fosh etganda, Kxushi Arnavdan uni tashlab ketmasligini so‘raydi. Arnav undan ertalab yo‘lga chiqishni talab qiladi. Keyinroq u Kxushining harorati balandligini sezib qoladi. Manorama Anjali bilan Akashning Payyalga qiziqib qolgani haqida gaplashishadi. Shashi Shyamning ortidan borib, uni Anjali bilan birga  ko‘radi.
Shashi Shyamga siringni oila oldida fosh qilaman deb tahdid qiladi. Shashining tobi qochib jazavaga tushganda Shyam unga dori ichgani qo‘ymaydi. Kxushi va Arnavning yo‘lini yo‘lto‘sarlar to‘sadi. Ular bilan janjallashgan Arnav Kxushini turtib yuboradi.
Doktor Shashining ahvoli og‘irligini aytadi. Payyal bu xabarni Anjaliga yetkazadi. Dehliga kelayotib Arnav Kxushiga pul beradi va unga bu yerdan ketgin deydi. Akash Payyal u bilan gaplashmagani uchun xafa. Shyam betob yotgan Shashining kislorodini o‘chirib qo‘yadi. Shashi tirik qolarmikan? 
Anjali Arnavga Shashining ahvolidan xabar beradi. Shyam Shashi javob qaytara olmasligini bilib, uning g‘ashiga tegadi. Kxushi Shyamning ahvolidan xavotirda. Anjali Kxushining oilasini tinchlantirishga harakat qiladi.
Kxushi Arnavni ko‘rib yig‘lashga tushadi. Shyam Madxumati va Garimaga, Shashi uni Kxushiga uylanishga majbur etganini aytadi.
 Lekin u hech qachon Anjalini tashab ketmasligini aytadi.
Akash Payyaldan kechirim so‘raydi. Madxumati Kxushi bilan Shyamning to‘yi haqida gaplashadi. Kxushi bu to‘yga rozilik bermaydi. 
Payyal Kxushini tinchlantiradi, chunki u ham Kxushining Shyam bilan to‘yidan xavotirda. Akash Anjaliga Payyalga bo‘lgan munosabati haqida gapiradi. Kxushi tilal ham, kumush ham sotib ololmaganidan xafa. Arnav uni hayron qoldiradi.
Madxumati va Narima Kxushi va Shyamning fotihasi bo‘lganini tasdiqlaydi. Shashiga dori berayotib Kxushi unga Shyamga turmushga chiqmasligini aytadi. Shyam uning gapini eshitib qoladi.
Kxushi Lavanega Divali bayramining ahamiyatini tushuntiradi. U Arnavdan mehmonxonani bezatish uchun yordam so‘raydi. Akash Payyalga sovg‘a sotib oladi. Lekin Payyal bu sovg‘ani qabul qilarmikan?
Arnav Kxushini sarida ko‘rib lol bo‘ladi. Kxushi Arnavni sevib qolganini sezadi. Shyam uning ko‘nglini olish uchun sovg‘alar beradi va uyni bezatishda yordam beradi. Kxushi arnavni sevib qolganini tushunib yetishiga nima sabab bo‘ladi?
Anjali Arnavdan nega qattiq bezovtaligini so‘raydi. Lavanya Nanidan Arnavning o‘simliklari tuprog‘ini o‘g‘irlashni isltimos qiladi. Madxumati Kxushi Arnavga rad javobini berganini bilib g‘azablanadi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6945 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
lolajon Wyam nega asab buzar
Like | 0
Gulchexra Манга бy cеpиални кyшклаpи ёкади
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное