Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tanho malagim - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Choli Qushi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Titanik-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat Tafti” Aktyorlarining kadr orti hayoti

“MY5” telekanali orqali efirga uzatilayotgan va muxlislarning eng sevimli seriallaridan biriga aylangan “Muhabbat tafti” seriali voqealari qizg‘in davom etmoqda.
Hindistonning mashhur seriali aktyorlarining kadr orti hayotni ham muxlislar uchun qiziq bo‘lishi aniq., shu sabab gazetamiz orqali sizlarni serial qahramonlari, ularning hayoti va kadr orti voqealari bilan sizlarni tanishtirib borishda davom etamiz.
Aslida  mavzu boshqa edi...
Hind ommaviy axborot vositalarida “Muhabbat tafti” serialida avvaliga  qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlar bosh mavzu bo‘lib tanlangan deb ma’lumot berishgan edi. Ammo suratga olish ishlari boshlangach, sevgi-muhabbat birinchi planga chiqqan. Ijodkorlar serialni avvaliga “Didi Ki Sauten” deya nomlashgan, qizig‘i bosh qahramonlar rolida ham Anvari va Andjali emas edi.
8 oylik tayyorgarlik
Umumiy 398 qismdan iborat bo‘lgan serialga tayyorgarlik ishlari 8 oy davom etgan bo‘lsa-da, hatto ijodkorlarning o‘zi ham searilning voqealar davomini bilishmas edi. Serialning ssenariysi suratga olish ishlari ketayotgan jarayonda yozib borilgan. Aktyorlarning ish tartibi har kuni 12 soatni tashkil qilgan. Tasvirga olish maydonchasiga tongi 9-00 da kirib kelib, kechki 21-00da u yerni tark etishgan.
Ishdagi do‘stlik...
Aktyorlar Barun Sobti, Akshay Dogra, Abxas Mexta va Karan Goddvani kvartetining hayotdagi do‘stligiga barcha hamkasblari havas qiladi.
Karan Goddvani: — Biz do‘stlarimiz bilan bir-birimizni so‘zsiz tushunamiz. “Muhabbat tafti” searialining kasting jarayonida tanishgan bo‘lsakda go‘yo  bir-birimizni butun umr tanigandekmiz. Bugun bizning do‘stligimiz juda mustahkam. Ishda ham, hayotda ham bir-birimizsiz yasholmaymiz. Har qanday masala va muammolarni birgalikda hal qilishga odatlanganmiz. 
Akshay Dogra: — Tasvirga  olish ishlari davomida doim hazil-huzul qilishdan charchamas edik. Buning uchun rejissyordan doim tanbeh eshitganmiz. “Muhabbat tafti” sabab paydo bo‘lgan do‘stligimiz butun umrga ekanligiga ishonamiz!
Bir paytda ikkita serial!
Voqealar rivojida aktyor Barun Sobti gavdalantirgan bosh qahramon kutilmaganda yo‘qolib qoladi. Voqealarning bunday keskin o‘zgarishiga sabab Barun Sobti “Muhabbat tafti” seraili bilan bir vaqtning o‘zida 45 qismdan iborat yana bir serialda suratga tusha boshlagan. Serial voqealaridan yo‘qolib qolganda aktyor ana shu yangi serial ishlari bilan band bo‘lgan. Bu kamchilikni ssenariy mualliflari juda o‘rinli qoplashgan. Bunday kutilmagan voqeadan tomoshabinning “Muhabbat tafti”ga qiziqishi yana ham ortgan.
Serial yaratilishida bosh-qosh bo‘lganlar ham muxlislarni qiziqtirishi tabiiy.
“Muhabbat tafti”ning rejisserlari: Lalit Moxan, Arshad Xan.
Prodyuserlari esa Nissar Parvez, Gul Xan bo‘lgan. Tasvirchi: Rishikesh Gandining seriallar bo‘yicha tajribasi ham suratga olish ishlarida juda qo‘l kelgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 10039 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
guli7077 Aktyörla haqda ang'ro infarmatsiya berila bula ucun rahmat
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное