Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Merlin-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat tafti”: Arnav sevib qolishdan qo‘rqadi!

Ikki xil hayotni yashayotgan Shyamning rejasi qanday yakun topadi? Bu savol aksariyat serial ishqibozlari kabi sizni ham o‘ylantirayotgan bo‘lsa ajabmas.
•  Kxushi kiyim-kechaklarini yig‘ib, Arnavning xonasiga ko‘chib o‘tadi. «Qaylig‘i» ni esa hovuz yoniga «surgun» qiladi. Kxushi qizil atirgullarni yoqtirishi haqida Anjaliga so‘zlab bergandi. Arnav aynan shu turdagi gullarni xarid qilayotgan Shyamni ko‘rib qoladi. Ikkisi janjallashadi. Shyam chindan ham Kxushiga guldasta sotib olayotganmidi? 
•  Arnav, Kxushi tayyorlagan taomni maqtab-maqtab tanovul qiladi. Liboslar tanlovida ishtirok etishni istayotgan Manoramani do‘stlari va Payyal qo‘llab-quvvatlaydi. Kxushi Arnavning hamkasblari uchun taom pishiradi. Ovqat barchaga manzur keladi. Hamkasblari Kxushinga bir iltimosimiz bor deyishadi. 
•  Kxushi lanch uchun yeguliklar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. Anjalining hisob raqamiga pul tushishini to‘xtatib qo‘ygani uchun Shyam Arnavga jaxl qiladi. Kxushi, Arnavning ofisiga yeguliklarni yetkazib berish yo‘lini izlab topadi. Ofisdagi oshxona sohibining noroziligi Arnavni quyushqondan chiqaradi. Kxushinga qattiq so‘zlab, biznesingni yig‘ishtir deydi. 
•  Arnavning fikricha, Kxushi Anjaliga ziyon yetkazmoqchi. Shuni deb uni siquvga oladi. Shyam, Arnav va Kxushining suhbatini eshitib qoladi va barchasini Anjaliga yetkazadi. Arnav va Kxushi aytishib qolishganini barchadan sir tutishadi. Nani asal oyi uchun Arnavga chipta sovg‘a qiladi. 
•   Anjali va Nani, Arnav va Kxushi munosabatlariga iliqlik kiritishni istab, uyni mehmonxonaga aylantirishadi. Ikkisini Manorama va uning umr yo‘ldoshi qarshi oladi. Shyam, Kxushiga guldasta sovg‘a qiladi. Albatta, bu ishi Arnavning nafsoniyatiga tegmay qolmaydi. Uydagilarning rejasiga ko‘ra Arnav va Kxushi alohida xonaga olib kirilib, eshik qulflanadi. Endi ham muhabbatlarini tan olishmasmikan-a?
•  Yolg‘iz qolgan Arnav va Kxushi oromkursini talashib, oxiri bir qarorga kelishadi. Chivinlarga qarshi yoqilgan tutatqi Arnavga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. U ovozini yo‘qotadi. Kxushi, gapirolmayotgan Arnavni lab qimirlashidan nima istayotganini tushunadi. Shyam, Arnav menga qarshi reja tuzayapti degan xayolda. 
•  Anjali, Arnavning yotoqxonasida Shyamni uchratib qoladi. Bu yerda nima qilayapsiz degan so‘roqqa, Shyam kiyimini izlayotganini aytadi. Arnavning yangi mijozlari tovlamachilar ekanidan xabar topgan Kxushi, polisiyani chaqiradi. Arnavning Kxushining bu ishiga qanday munosabat bildiradi? 
•    Polisiya noziri belgilanmagan joyda to‘xtab turgan Arnavning mashinasini ko‘rib qoladi. u Kxushindan haydovchilik guvohnomasini so‘raydi. Arnav suhbatga aralashmaydi. Arnavga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Kxushi uni giyohlardan tayyorlangan damlamalar bilan muolaja qiladi. Biroq Arnav bemor rolini o‘ynayapti, xolos. Nega deysizmi? Chunki u ...
•  Arnav va Kxushining navbatdagi janjali ustidan chiqqan Nani, ularni tanlovga taklif etadi. Ikkisini romantik  uchrashuvlar kutmoqda. Kxushi ssenariy matnini yoddan chiqardi. U Arnavni rol ijro etishga ko‘ndiradi. 
•  Kxushini sahnaga chiqarib yuborishadi. Qizni noqulay vaziyatdan qutqarish uchun Nani, Arnavni yo‘lga soladi. Ikkisining chiqishi tomoshabinlarga ma’qul keladi. Tanlovdan keyin ular yana tortishib qolishadi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6122 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное