Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Muhabbat tafti”: Arnav va Kxushi unashtirildi (Voqealar rivoji)

Anjali esa farzandidan ayrildi...

Serialning birinchi fasli aktyor Barun Sobtining loyihadan ketishi bilan yakunlangandi. Oradan bir necha yil o‘tib, ko‘p sonli muxlislarning talablariga ko‘ra teleasarning davomini suratga olish ishlari boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra Arnav rolini aktyor Virafa Firoza Patelya ijro etgan. Haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qmi, serialning ikkinchi faslida bilib olamiz. Hozircha esa qadrdon qahramonlarimizni nimalar kutayotgani haqida suhbatlashsak...
  
•  Guptalar xonadoniga tashrif buyurgan Daadi, Kxushini nikohsiz yashayotganlikda ayblaydi.  Garima Kxushiga tarsaki tushiradi. 
•  Daadi Garima bilan yuzma – yuz uchrashishni ixtiyor etadi. Arnav buvisini tinchlantirishga urinib, Kxushi asrab olingan farzand ekanligi, ota – onasi vafot etganini so‘zlab beradi. 
•  Garima Daadidan o‘zini olib qochayapti. Ammo nimaga? Buvisining qistovi bilan Arnav uylanayapti. To‘ydan avval kelinni ko‘rish mumkin emas deyishsada, Arnav Kxushi bilan uchrashadi. 
•   Shashining betobligini bahona qilib, Garima unashtiruv marosimiga bormaydi. Arnav sevgilisi uchun barcha rasm-rusumlarni bajaradi. Shyam  Shantivanga bildirmay kirib oladi. U yana nimalarni reja qilayapti deysizmi? Tez fursatda bilib olamiz. 
•  Shashi uchun hamshira yollashga ahd qilgan Arnav, Garimaning puja marosimida ishtirok etishini iltimoq qiladi. Ammo Garima bunga rozi bo‘larmikan? Axir u Daadi bilan to‘qnash kelishni istamayapti. Arnav Shyamning nomiga yozilgan to‘lov hujjatini topib oladi. Shartnomsaga  ko‘ra kuzatuv moslamalari buyurilgandi. 
•  Garima Daadini ko‘rib qolgach, uyga qaytadi. Oila a’zolarining ibodatxonaga ketganidan foydalanib, Anjali Shyamni Shantivanga chaqiradi. Shyam yashirinchi uchrashuvlardan zerikkanini aytib, norozi bo‘ladi. 
•  Shyamning kelgani sirligicha qolishi kerak edi. Ammo Daadi uning uyali telefonini topib oladi. Shifokor buyurgan dorilarni ko‘rib chiqqan Shyam Anjalining sog‘ligiga nojo‘ya ta’sir qiladiganini tavsiya qiladi. Nahot u o‘z farzandining qotiligi aylansa?! 
•  Daadining ishonchiga kirgan Shyam, uyga qaytishi uchun yordam berishini so‘raydi. Kxushi Arnav bilan qahvaxonada uchrashishga kelishishadi. Shyam va Anjali ham xuddi shu yerda ko‘rishmoqchi edilar.
•  Shyam rafiqasiga taqinchoq sovg‘a qiladi. Anjali nikoh marosimida ishtirok etishini so‘raydi. Shyam bir shart bilan rozi bo‘ladi. Nahotki Shyamni hech kim tanimasa?
•   «O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealarni eslagim kelmayapti» deya buvisi bilan suhbatlashayotgan Arnavning gaplarini Garima eshitib qoladi. Tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan Shyam  maydalangan shisha parchalarini Anjali xonasining atrofiga sochib chiqadi. 
•   Arnav Shyamni tanib qoldi. Buni bilgan Anjali xona chirog‘ini yoqadi. Manorama chiroqni o‘chirib, Garimani Daadiga tanishtiradi. Garimaning qanday siri borki, Daadidan xavfsirayapti? Shisha bo‘laklarini sochib chiqqach, Shyam Anjalining poyabzalini yashirib qo‘yadi va zudlik bilan uchrashishimiz kerak deb belgi beradi.
•  Erining oldiga oshiqqan Anjali shisha bo‘laklari zarbidan muvozanatini yo‘qotadi. Shyamning rejasi ish berib, zinadan qulayotgan Anjalini tok uradi. Zudlik bilan yetib kelgan tez yordam xodimlari Anjalini kasalxonaga olib ketishadi. Ona va bola hayoti xavfda qoladimi?
•  Homilasidan ajralgan Anjali qattiq iztirobda. Tug‘ilmay nobud bo‘lgan farzandi uchun o‘zini kuyinayotgandek qilib tutayotgan Shyam shu bahona Shantivanga qaytishni o‘ylaydi. Arnav bu ishda Shyamning qo‘li borligini gumon qiladi ammo unga hech kim ishonmaydi.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 18298 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное