Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“MY5” telekanali qonunbuzarlikda ayblanmoqda!


Joriy yilning 1 aprel kuni “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan “Yashirin kamera” ko‘rsatuvi tomoshabinlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Unda ko‘rsatuv ijodkorlari poytaxtdagi xiyobonlarda quchoqlashib o‘tirgan yigit-qizlarni ko‘rsatishgan va dastur boshlovchisi yoshlarning yoniga borib, ularni tartibga chaqirgan.

Qiziq, ko‘rsatuvda boshlovchilik qilgan 20 yosh atrofidagi yigit tengqurlari yoniga borib, ularni tartibga chaqirishga qanchalik haqli? Yana muomala madaniyatining yo‘qligi, muloqotda etikani unutib, xuddi jinoyatchi bilan gaplashayotgandek o‘dag‘aylashi kishining g‘ashini keltirgan edi.

Bilsak, bu ko‘rsatuvga nisbatan nafaqat tomoshabinlarda, balki rasmiy tashkilotlarda ham e’tirozlar tug‘ilibdi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ko‘rsatuvda qonun buzilish holatlari ro‘y bergani yuzasidan ma’lumotni taqdim etdi.

Unda aytilishicha, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida hech kimning shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish mumkin emasligi belgilangan. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizligi, 27-moddasida shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi kafolatlangan.

“Axborot erkinliklari va prinsiplari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.

“Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishi shart.

Jurnalist axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Yashirin kamera” ko‘rsatuvining 1 aprel kuni efirga uzatilgani soni mutlaq O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga zid tarzda tayyorlangan, deb xulosa qilish mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7121 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MY5, qonunbuzarlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное