Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Yoz Ifori-Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ayol Qalbi - True Love
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Ishq Jodusi-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

MY5 telekanalining “8-SINOVI” nomini oqlolmayapti…

Tahririyatimizga “Mening yurtim” telekanali orqali har haftaning seshanbasida efirga beriladigan “8-sinov” ko‘rsatuvi haqida e’tirozli qo‘ng‘iroqlar bo‘lgani sabab, ushbu ko‘rsatuv haqida batafsilroq yozishga ahd qildik...


“Mening yurtim” telekanalini maroq bilan tomosha qilaman. Unda turli yoshdagi tomoshabin uchun mo‘ljallangan ko‘rsatuvlar talaygina. Buning uchun telekanal ijodkorlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Tahririyatga qo‘ng‘iroq qilishimdan yana bir maqsad bor. Aniqrog‘i, har hafta efirga beriladigan “8-sinov” ko‘rsatuvini anchadan beri kuzatib boraman. Va hayratimni yashira olmayman. Boisi dasturga tashrif buyurgan mehmon savol-javob shartidan muvaffaqiyatli o‘tganini ko‘rib, sun’iylikni his qilaman. Masalan, kuni kecha “Xo‘ja” guruhi yakkaxoni Izzat Ibragimov bilan bo‘lgan ko‘rsatuvni olaylik. Xonanda tez aytishni shu darajada tez takrorlayapti-ki, uni kuzatib turib beixtiyor “tayyorgarliksiz qanday qilib, bu darajada tez aytish mumkin?” degan savol tug‘iladi. Ko‘rsatuv nomiga mos tarzda haqiqiy sinov tarzida bo‘lishi kerakmasmi?

Nigina Akbarova, Toshkent shahri   

Tahririyatga bo‘lgan bir nechta qo‘ng‘iroqlardan so‘ng teletomoshabinlar fikri bilan qiziqdim. So‘rovim shuni tasdiqladiki, “8-sinov” ko‘rsatuvi faqatgina “yashirin kuzatuv” sharti bilan tomoshabinga qiziq ekan. Qolgan shartlari borasida “Sun’iylik bor, ko‘rsatuv mehmonlari bilan avvaldan kelishib olingandek”, degan fikrlarni eshitdim...

Ko‘rsatuv teletomoshabin uchun tayyorlanar ekan, demak ular doim haq. Shunday ekan, muxlislar va efir vaqtini zoe ketkazishdan nima naf? Muxlislarning e’tirozlari yuzasidan ko‘rsatuv muallif va boshlovchi Parviz Fattoyevning fikrlari bilan qiziqdik.

— To‘g‘ri. Lekin ko‘rsatuv intellektual emas, shou tarzida bo‘lgani uchun ishtirokchi to‘g‘ri javob topguniga qadar yordam beraman. Maqsad ko‘rsatuv mehmonini dunyoqarashi, qanchalik bilimga ega ekanini sinash. Shu bois to‘g‘ri javob topish uchun ma’lum vaqt berilmaydi. Balki shuning uchun ham bu jarayon avvaldan kelishib olingandek tuyular. 



— Tayyorlayotgan ko‘rsatuvingizdan o‘zingizning ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

Ochig‘i, ko‘rsatuvdan ko‘nglim to‘lmayapti. Boisi ish boshlashimdan avval ijodiy va tashkiliy rejalar boshqacha edi. Bugungi kunga qadar ko‘rsatuvning 18 soni efirga berildi. Bu muddat davomida ko‘rsatuvni tayyorlashda anchagina to‘siqlarga duch keldim. Aniqrog‘i, ko‘rsatuv muallifi va boshlovchisi bo‘lishimdan tashqari ish yurituvchi, kompyuter grafikasi muhandisi, montaj ustasi va hatto haydovchilikkacha o‘zim bajarishimga to‘g‘ri kelyapti. Bu yumushlarning bari vaqt olgani sabab, ko‘rsatuv sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Eng qizig‘i, shu kunga qadar biror marta moliyaviy tarafdan ko‘mak olmadim.

— Avval mana shu kamchiliklarni bartaraf etib, so‘ng tomoshabinlarga taqdim etganingiz maqsadga muvofiq-ku. Efir va tomoshabin vaqtini o‘g‘irlashga vijdoningiz qanday yo‘l qo‘yadi?


— Fikringizga to‘liq qo‘shilmayman. Chunki telekanalning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali tomoshabinlar ozmi-ko‘pmi iliq fikrlar bildirishadi. Sinov efiridan boshlangan ko‘rsatuvni yarim yo‘lda to‘xtatib qo‘yish tomoshabinga nisbatan hurmatsizlik, deb o‘ylaganman. Holbuki, sinov efiridan so‘ng moliyaviy ko‘mak bo‘ladi, deb o‘ylagandim...

— Qachongacha moliyaviy ko‘mak kutib o‘tirmoqchisiz, ko‘rsatuvning keyingi taqdiri qanday bo‘ladi?   

— Ko‘rsatuv vaqtincha to‘xtatib turiladi. Rahbariyat tomonidan ko‘mak berilgach, siz ta’kidlayotgan sifat darajasiga javob beradigan ko‘rsatuv bilan efirga qaytmoqchiman.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5344 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 8-Sinov, MY5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
3433059 man bu suxbatni uqib ciqdim tomoshabinlar tayyor lavxani kurib kamchilik oxtarishadiku lekin kadir ortidagi mashaqatni bilishmaydi cunki ular tomoshabin man nima dimoqchiman xechkim be nuqson emas xammani uziga yarasha nuxsoni buladi tomoshabinlarni kunglini olish uchun barcha qiyinchiliklarga qarame ish yurutayotgan ijotkorlarga raxmat deymiz tanqid uz yuliga lekin uzimiz ularni urnida bub qolsak qay axvolga tuwardik bilmadim man ijotkarlarga ijodidan tuxtamasliklarini surab qolaman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное