Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi
Namangan viloyatida Cobalt traktor tirkamasiga borib urilishidan ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati YHXB matbuot xizmat xabar berdi.

1-oktabr kuni soat 20:00 larda, A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 293 kilometrida, Cobalt haydovchisi Toshkent—vodiy yo‘nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan traktorga borib urilgan.

Oqibatda Cobalt’da bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar, og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Pop tuman IIB TB tomonidan tergov qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari tomonidan traktor haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha qat’iy nazorat qilinmoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 672 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tirkamasiga, borib, Namangan, urilishidan, kishi, Traktor, halok bo‘ldi, cobalt, ikki
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное