Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Yoz Ifori-Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navro‘zgacha 6 kun “Ozodalik kuni” deb e’lon qilindi


Toshkent shahar hokimligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda 24-25 fevral, 3-4, 10-11 mart kunlari “Ozodalik kuni” deb e’lon qilindi.

Obodonlashtirish, tozalik oyligini hamda hasharini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar va tuman ishchi guruhlari tuzilgan bo‘lib, 2018 yil Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish arafasida poytaxtda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Farmoyishga muvofiq, Toshkent shahar ishchi guruhi, tuman ishchi guruhi, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi, hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda hasharni o‘tkazish doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirilishini ta’minlashi belgilandi:
mahallalar, aholi yashash joylari, ko‘p qavatli binolar va uylar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;

barcha turar joy mavzelari, mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, bo‘sh hududlarda bog‘lar barpo etish, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish;

yordamga muhtoj keksalar, pensioner va nogironlar, yolg‘iz qariyalarni ijtimoiy himoyalashga hamda boquvchisini yo‘qotgan kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;

joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida yig‘ilgan chiqindilarni tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash;

xayriya hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash vazifalari yuklatildi.

“Maxsustrans” DUK hamda tuman hokimliklari joylarda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlaydilar.

Ikrom Rahmon



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4556 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Navro‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное