Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nigina Anorboyeva o‘zidan 11 yosh katta yigitga turmushga chiqdi

Umidjon va Nigina Anorboyevaning visol oqshomi poytaxtdagi “Farovon” restoranida bo‘lib o‘tdi.
   O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Nigina Anorboyeva turmushga chiqdi. Umidjon va Niginaning visol oqshomlari poytaxtdagi “Farovon” restoranida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Turg‘un Azizov, Muqaddas Xoliqova, Malika Ibrohimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Farhod Abdullaev, Nodira Maxmudova, Shodiya To‘xtayeva, aktyorlar Adiz Rajabov, Jamila G‘ofurovalar ishtirok etishdi.

   O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgan “Yig‘lama qiz”, “O‘zbekcha raqs” kabi spektakllar, kinofilmlar va kliplardagi bir qator rollari bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktrisaning turmush o‘rtog‘i neft va gaz sohasida faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga qaraganda, kuyov Niginadan 11 yosh katta.  Aktrisa esa to‘ydan keyingi ijodiy faoliyatingizni davom ettirasizmi, degan savollarga ha – deb javob bergan. Sayt jamoasi nomidan Umidjon va Niginaga oilaviy baxt va salomatlik tilaymiz!
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19433 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: turmushga chiqdi, Nigina Anorboyeva, 11 yosh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
begzod118 Qo'shilamiza
Like | 0
umar202 baxtli bo'sin
Like | 0
abbos996 Baxtli bo'liwsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное