Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Ayol Qalbi - True Love
. Klon-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Norboyeva: «Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash o‘n foizga ham bajarilmagan»

Norboyeva: «Xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash o‘n foizga ham bajarilmagan»

Senatda «Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, majlisni kirish so‘zi bilan ochgan Senat raisi, mazkur komissiya raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni yaxshilanishi uchun davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ayrim ishlar bajarilmayotganini tanqid qildi. 

Bildirilishicha, “Olima ayollar” tuzilmasi hali tashkil etilmagan. Davlat boshqaruvi akademiyasida har yili kamida yuz nafar xotin-qizlar uchun alohida o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan bo‘lsa ham bu amalda hali bajarilmagan. Xotin-qizlar ro‘yxati hali shakllantirilmagan.

“Xotin-qizlar bilan bevosita ish olib boruvchi quyi bo‘g‘inlar ishi qoniqarli emas. Qoralayman, quyi bo‘g‘inlar ishlarini. Bu yil prezident topshirig‘i asosida 12 ming xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida uy-joy bilan ta’minlash kerak edi. Lekin 500 dan sal ortiq ayol uy-joy bilan ta’minlangan, xolos. Bu boradagi reja o‘n foizga ham bajarilmagan. 

Prezident qabul qilgan hujjatning bajarilmasligini qanday baholash kerak? Hujjatlar bajarilmasa, ularga ishonch qoladimi? “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish nazarda tutilgan. Bu esa bir foizga ham bajarilmagan. 

Joylardagi mas’ul tuzilmalar esa topshiriqlarni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yuribdi. Yozning jazirama issiq kunlarida 30 yoshdan oshgan ayollar sayohatlarini tashkil etish vazifasi ham qo‘yilgan. Lekin bu ham amalda bajarilmagan”, dedi Tanzila Norboyeva. 

Ta’kidlanishicha, davlat tomonidan ayollarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar ko‘p. Majlisda bular amalda bajarilmayotgani tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 635 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bilan, qizlarni, ham, xotin, uy-joy, bajarilmagan, foizga, o‘n, orboyeva, ta’minlash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное