Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Aholini go‘sht bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zgarish qilmagan tuman hokimlari haqida

Avval xabar qilganimizdek, Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni chorvachilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, sohada ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

Yig‘ilishda davlat rahbari aholini go‘sht bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozadi Prezident matbuot kotibi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2019—2021-yillarda:

  • chorvachilik bo‘yicha 8 turdagi subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yilgan;
  • chorvachilikka 15 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratilib, 4,5 mingga yaqin loyiha amalga oshirilgan;
  • naslchilik xo‘jaliklari soni 3 baravarga ko‘payib, 1 ming 414 taga yetgan;
  • chorva mollari soni 1,2 millionga ko‘paygan.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha har 2 kishiga o‘rtacha 1ta qoramol to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich Namangan, Farg‘onada 4 kishiga 1ta, Toshkent viloyati va Surxondaryoda 3 kishiga 1tani tashkil etmoqda. Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan va Surxondaryoda yirik chorvachilik xo‘jaliklarining soni qolgan hududlarga nisbatan 1,5—2 baravar kam.

Chortoq, Narpay, Urgut, Oltinsoy, O‘rta Chirchiq va Urganch tumanlarida aholini go‘sht bilan ta’minlash darajasi 40 foizga yetmasada, ushbu tuman hokimlari 2022-yilda aniq loyihalarni ishga tushirishni reja qilmagan.

Shu sababli, yig‘ilishda viloyat hokimlariga bir oyda o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 864 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ta’minlash, o‘zgarish, tuman, bo‘yicha, qilmagan, Aholini go‘sht, haqida, bilan, hokimlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное