Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda qor yog'ib o'tishi mumkin




O‘zgidromet” 4—7-aprel kunlari O‘zbekiston hududida kechki sovuq va yog‘inlar — qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir kutilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi. 4-aprelda kunning birinchi yarmi va kechki payt yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda esa qorga aylanadi. 5—7-aprel kunlari yog‘in kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

4—6-aprel kechki payt 0…+5 daraja, 5—6- aprelda ayrim joylarda 1—2 daraja sovuq, 4—5-aprel +7…+12, 6- aprelda +12…+17; 7- aprel tunda +2…+7, kunduzi +15…+20.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ob-havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—5-aprelda kechki payt harorat 0…+5, 4-aprelda kunduzi +5…+10, ba’zi joylarda 1—2 daraja sovuq, 6—7- aprelda +2…+7; 5—7- aprel kunlari havo harorati +17…+22 gacha ko‘tarilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari kunduzi +7…+12, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—6-aprelda kechki payt harorat 0…+5, 5-aprelda ba’zi joylarda 1—2 daraja sovuq. 6—7-aprel kunlari havo harorati +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi, 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 6—7-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprelda kechki payt harorat +3…+8, 7- aprelda +5…+10, 4—5 aprel kunlari kunduzi +8…+13, 6—7- aprelda harorat +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi. , 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 4 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat +2…+7, 5—6 aprelda 0…+5, 4—5 aprelda kunduzi +7…+12. 6—7- aprelda harorat +12…+17 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 4—5-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ko‘chki xavfi bor. 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat 0-5 daraja sovuq, 5—6-aprelda 2—7 daraja sovuq, 4-aprel kunduzi 0…+5. 5—7- aprelda harorat +7…+12 darajagacha ko‘tariladi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2425 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, O‘zgidromet, aprel obhavo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное