Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

O‘g‘lim Juvonga oshiq... (Maslaxat bering)

Tahririyatga bir necha kun davomida qo‘ng‘iroq qilib, «Dardim bor, kimgadir yuragimdagilarni aytmasam, qiynalib ketdim», deya yig‘lab, so‘zini davom ettira olmay, go‘shakni qo‘yib qo‘ygan ayol oxiri o‘zida jur’at topdi.
— Singlim, gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Shu kunlarda boshim qotgan. Nima qilish, qanday yo‘l tutishni bilmayman. Eng achinarlisi esa qanday qaror qabul qilsam ham, ko‘nglimga qarshi, o‘zimga qarshi bo‘ladi. Bolaning dardi yomon bo‘larkan-da. Ne-ne umidlar-la ulg‘aytirganing bir kuni yuragingdagi orzularni toptab, qo‘yningni puch yong‘oq to‘ldirsa... Ammo iloj topish qiyindan qiyin ekan. Xuddi yuragim yaralangan-u, uni ko‘ksimdan yulib olib, otolmayman, ko‘tarib ham yurolmayman.
Bir qiz, ikki o‘g‘lim bor. Yoshim ellikdan oshdi. Turmush o‘rtog‘im bilan o‘ttiz yillik umrimiz davomida turmushning mushtlariga chidab kelayapmiz. Oila oila bo‘lguncha ko‘p chig‘iriqlardan o‘tarkan odam. Bir-biringizni tushunib yashash ko‘p narsani hal qilarkan hayotda. Uch farzandimizni bir oyog‘imiz ishda, bir oyog‘imiz uyda bo‘lib katta qildik. Nimaki qilsak, bolamga dedik. O‘qitdik, uchalasi ham oliy ma’lumotli. Qizimni uzatganmiz, biri-biridan shirin nevaralarimiz bor. Endi kelin tushurib, rohatini ko‘ramiz, deb turganimizda tinch, osoyishta xonadonimizda to‘fon ko‘tarildi-yu, hamma umidlarim g‘arq bo‘ldi...
Akmalning yoshi yigirma oltida. Bundan ancha ilgari bir qishda oyog‘im qattiq sovuqqotib, shamollagani uchun, oxirgi paytlarda og‘riq ko‘p bezovta qilayapti. Hovlining ishlariga, ro‘zg‘or tashvishlariga qiynalib qolganman. Shunga ham, Akmal o‘qishini tugatishi bilan uning boshini ikki qilmoqchi bo‘ldik. Ammo o‘g‘lim:
— Oyi, dada, ishga joylashay, bir-ikki so‘m pul topadigan bo‘lay, keyin uylanaman, — dedi.
— Men ham ishli bo‘lgach, oila qurganman, bolam, — deb dadasi ham uning uzoqni o‘ylaydigan, mas’uliyatni his qilayotganidan xursand bo‘ldi.
Mana, uch yil ichida, ko‘z tegmasin, omadi kelib, yaxshi joyda ishlaydi. Topish-tutushi, yurish-turishi joyida edi. Bir-ikki bor «Ko‘nglingga yoqqan qiz bo‘lsa ayt, boshini bog‘lab qo‘yay», deb yuragiga qo‘l soldim. Ammo o‘g‘lim doim savolimni javobsiz qoldirardi. Men buni uning tarbiyali, andishali ekanligiga yo‘yardim.
Oxirgi bir oy esa hamma o‘ylarimni ostun-ustun qilib yubordi. Uylanish masalasini qat’iy oldiga qo‘yganimizdan keyin dardini aytdi. Bu dard esa meni adoyi tamom qilayapti. Avvaliga «Suyganim bor, faqat poytaxtlik emas-da», deb ikkilanib so‘z ochdi. Dadasi bilan qizni surishtirib, agar yaxshi oilaning farzandi bo‘lsa, kelin qilishga ahd qildik. Manzilini so‘rasak, yana gapni paysalga soldi. Na qizning suratini ko‘rsatadi, na u haqda biror ma’lumot aytadi.
Bir kuni kenja o‘g‘lim yonimga kelib, telefonida bir juvonning suratini ko‘rsatdi.
— Oyi, sizga aytsam-aytmasammi, deb yurgandim. Men ham yaqinda xabar topdim. Akam uylanmoqchi bo‘lgan shu, — dedi tutila-tutila.
— Nima deyapsan? Bu kap-katta ayol-ku! Qaerdan olding bu gapni, rasmni-chi? — dedim hayratlanib.
— Internetdan. Akamning o‘zi o‘tgan hafta aytdi menga. Keyin uning «Odno»dagi profiliga kirib, izlab topdim bu rasmni, — dedi u.
Ishonmadim, ishona olmadim. Dadasining ishdan kelishini ham kutishga sabrim yetmadi. Akmal uyga kelishi bilan yonimga chaqirib, bosiqlik bilan gaplashdim.
— Bolam, ukangning gaplari to‘g‘rimi? Nima gap o‘zi? Qandaydir tuzoqqa tushib qolmading-mi?
— Oyi, uni yaxshi ko‘raman, uylansam, faqat Malikaga uylanaman, — dedi u nigohlarini yerga qadab.
Bu so‘zlardan fig‘onim falakka chiqqani rost. Bir yig‘lab, zorlanaman, bir achchiq ustida gapiraman. Akmal esa jim o‘tiraverardi. Xo‘jayinim ishdan kelib, qizargan ko‘zlarimdan uyda nimadir bo‘laganini tushundi. Hammasini aytib berganimdan so‘ng, o‘g‘li bilan alohida gaplashdi.
Bir kun ichida uyimiz do‘zaxga aylangandek. Hali qattiq ovozda o‘g‘limni urishamiz, hali pana-panalarda hamma boshini xam qilib, ko‘zyosh to‘kadi. Akmalga esa hech narsa ta’sir qilmaydi. Bir dadasi bilan bolamizni chiroylikkina, aqlligina qizga uylantirib qo‘ymoqchi bo‘ldik. Ammo Akmalni majburlarmiz-u, biroq oilamizga kelin bo‘lib kelgan guldek qizning umrini xazon qilamizmi, deb bu fikrimizdan qaytdik. O‘sha ayolning o‘g‘limdan homiladorligini eshitib esa endi oldimizda birorta yo‘l yo‘qligini tushundim. Homila besh oylikdan oshgan ekan.
Oxiri erim meni unikiga jo‘natdi. O‘g‘lim bu juvon uchun uy ijaraga olgan, yaxshigina ta’mirlatib bergan ekan. Bordim. Qo‘llarim qaltirab, yuragim tilka-pora bo‘lib qo‘ng‘iroq tugmasini bosdim. Eshikni suratdagidan-da kattaroq yoshli ayol ochdi. Bilsam, Malika Akmal aytgandek, o‘ttiz ikki emas, o‘ttiz yetti yoshda ekan.
Bir qizi bilan sakkiz yil oldin turmushidan ajrashgan ekan. Qizi qishloqda ota-onasinikida turakan, allaqachon maktabga borarkan. O‘g‘lim bilan internetda tanishib qolishgan. Oldiniga Akmal uning yoshi kattaligini bilmagan. Chunki faqat internet orqali yozishar, telefonda gaplasharkanlar. Oradan bir yil o‘tgach, uchrashishgan. «Bizning munosabatlarimizdan kim ham xabar topardi» qabilida boshlangan o‘yin o‘zlarining tili bilan aytganda «muhabbat»ga aylangan. Avvaliga uch-to‘rt oyda uchrashib turishgan. To‘rt yil deganda qiz poytaxtga, opasinikiga ko‘chib kelgan. O‘g‘lim bilan nikoh o‘qitib olishganmish, bu gap rostmi, yo‘qmi, bilmayman. Oxiri Akmal uning uchun ijaraga uy olgan. Juvonning aytishicha, Malikaning qishlog‘iga borib, ota-onasidan fotiha ham olishgan ekan. Biz esa to‘rt yil kelinga deb sarpo yig‘ib, to‘y qilamiz deya orzularga berilib, ko‘z ostimizga qizlarni olib yuraverganmiz. O‘g‘limga necha bor «Qanaqa qilib opangdan ham katta ayolni sevishing mumkin?! Axir u oila ko‘rgan juvon! hozir ko‘zing ko‘r, bir-ikki yildan so‘ng pushaymon bo‘lasan», desam ham, indamaydi. Ayolga ham gapirdim. «Ukangiz teng bola-ku! Aqalli qizingizning oldida uyaling», dedim. U ham javob bermaydi. Faqatgina yig‘ladi.  
Hozir «Akmalning tarbiyasida qaerda xato qildik?» «Nima uchun bunday bo‘ldi? Endi nima qilamiz?» degan savollar qurshovida qolganmiz. Ammo javob topilmayapti birortasiga. El-yurt ichida juvonni to‘y qilib, kelin qilishga or qilamiz. Nomiga uylantirib, tavakkal qilishga vijdonimiz yo‘l qo‘ymaydi. Tug‘ilajak bolani yetim qilishga ham qo‘limiz bormaydi.
Mana, o‘tgan hafta Akmal uydan chiqib ketdi. O‘sha juvon bilan yashayapti. «Bolam, kechirmayman», deya zor qaqshab qolaverdim. Lekin nima bo‘lganda ham farzandimga bo‘lgan muhabbatimni nafratga aylantirishning iloji yo‘q-ku! Axir onaman! Chidashim kerakligi, vaqt biror hukm chiqarguncha kutishim kerakligini o‘ylasam, azoblanaman... Hech bir onaning boshiga bu kunlar tushmasin...
 
Shoira ShAGIAHMEDOVA yozib oldi.



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 13236 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ayol, Oshiq, juvon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
saltanat970 худо хаммани уз жуфти билан яратади бу мухаббатку кандаи килиб углизни севган айолидан ажратасиз уртада тугладиган гудакни айби нима бу хаммани бошига тушадиган нарса мени акам хам узидан 8 йош катта айолга уйланди у хам ажращган битта угли бор лекин. Отам онам каршилик килиб хам курди лекин охири рози булишди мана худога шукур иккита фарзанди бор яшаябди пешонасига битилгани шудир опа...
Like | 0
hamza1995 Manimcha bu o'g'il bola uchun ham oson bolmagan bironbir jiddiy sabab bolga bolsa kerak
Like | 0
yeva0903 Vapwe kallasi yo bolekan agar narmalni bola boganida buni wunca qiynalb ostrb ozi yemi ichmi bolamga db yawagan otasini tawab kecagina tofogan yana kop kotta xotinni tanlab ota onasini koz yowini oqizib ketmasidi. Ona bechara bolani ostrb roxatini koraman diganda bola qovin tuwrdi. Yooo u xotin bolani õqitvogan ili bolani ozini tomi ketgan tõchna. Agar hozir aqlini yiĝvomasa keyn kech boladi
Like | 0
NuR_KR Toba
Like | 0
Azamat4846 :'( e galati bolekanku bu? Ozidan 11 yow kotta xotinniyam yaxwi koradimi? Buyoda qanaqadr gap bor. Etiwadiyu folga iwonma folsz yurma db. Balki owa juvon issu sovu qb qoygandr bolani. Wunaqalayam bor. U juvon boladan ikkiqatliginiyam tekwiriw kere
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное