Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

O‘limdan so‘ng hayot borligi ilmiy isbotlandi


Berlin texnika universitetining bir guruh shifokor va psixolog mutaxassislari o‘limdan so‘ng hayot mavjud ekanini isbotlashdi.

To‘rt yil davomida olib borilgan klinik tadqiqotlarda 944 nafar kishi ko‘ngilli ravishda ishtirok etdi. Ular maxsus modda qabul qilib, 20 daqiqalik klinik o‘lim holatiga tushirildi. Shifokorlar maxsus kardiopulmonal jihozlar (yurak faoliyatini ta’minlash va sun’iy nafas oldirish uskunalari) yordamida ularning holatini nazorat ostida ushlab turib, belgilangan muddat o‘tgach, qondagi ozonni filtrlash yordamida klinik o‘limdan qaytarib, koma holatidan chiqarib turishdi. Bu kabi usul avval ham ishlatilgan bo‘lib, 40-60 daqiqa davomida nafas olmay, klinik o‘lim holatida yotgan bemorlarda ham foyda bergan edi.

Tajribalarga doktor Bertold Akerman boshchilik qildi. Uning guruhi tajribada qatnashgan bemorlarning klinik o‘lim paytidagi xotiralarini to‘plash bilan shug‘ullandi.

To‘plangan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, klinik o‘lim holatiga tushib, keyin yana o‘ziga kelgan kishilarning aksariyati deyarli bir xil xotiralarni so‘zlab berishgan. Masalan, deyarli har bir ishtirokchi o‘ziga xos ruhiy kechinmani – ruhi tanasidan ajralganini, xotirjamlik, halovat, iliqlik sezganini, yorug‘ nur ko‘rganini aytib bergan.

Tajribaning asosiy natijasi o‘limdan keyin ham hayot borligini ko‘rsatmoqda. Lekin ba’zi tadqiqotchilar bu kabi urinishlarni odobdan tashqari ishlar sifatida tasniflab, tanqid qilmoqdalar.

Ekspertlar esa klinik o‘lim holatida his qilingan bu kabi kechinmalar bemorlarning dunyoqarashiga, diniy e’tiqodiga bog‘liq emasligini aytib, bu xotiralar avvallari aytilganidek, gallyusinatsiya emas, balki real hissiyotlar ekanini ta’kidlashmoqda. Darhaqiqat, ko‘ngillilar orasida turli din vakillari – nasroniylar, musulmonlar, yahudiylardan tashqari umuman dinsiz, dahriylar ham bo‘lgan.

«Bilaman, natijalarimiz ko‘pchilik insonlarning e’tiqodiga zid kelishi mumkin. Lekin bu tadqiqotlar yordamida biz insoniyatni azaldan qiziqtirib kelgan savollaridan biriga javob topdik. Shu bois, insonlar bizni ma’zur tutadilar, degan umiddaman. Ha, darhaqiqat, o‘limdan so‘ng hayot bor ekan. Bu hammaga taalluqli», deydi doktor Akerman.

Shunday ekan, o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonmayman, degan odamlar bu haqda chuqurroq o‘ylab ko‘rishlari kerak bo‘ladi.

 

Manba: Islom.uz



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 9552 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘lim, borligi, so‘ng, ilmiy isbotlandi, HAYOT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное