Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari oshdi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasa (OTM)larida bir yillik o‘qish qiymati oshdi. Bu haqdagi tegishli hujjat O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2014/2015 o‘quv yilida bakalavriatdagi eng qimmat ta’lim yo‘nalishlari xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda huquq bo‘lib qolgan — ularda bir yillik o‘qish puli 7,45 million so‘m etib belgilangan.
Bakalavriat yo‘nalishidagi eng arzon ta’lim yo‘nalishlari esa o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va pedagogik fanlar, gumanitar fanlar, hayot haqidagi fanlar, tabiiy fanlar, matematika va statistika, amaliy matematika va informatika, ijtimoiy va axloqiy fanlar, muhandislik va muhandislik ishi, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari, qishloq va suv xo‘jaligi, ijtimoiy ta’minot, sport faoliyati hamda atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda bir yillik ta’lim narxi 5,05 million so‘mni tashkil etdi.
Magistratura yo‘nalishida ham narx qimmatligi va arzonligi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari deyarli o‘zgarmagan. Xususan, xalqaro munosabatlar va huquq sohasida magistr bo‘lmoqchi bo‘lgan talabalar 2014/2015 o‘quv yilida 8,19 million so‘m miqdorida kontrakt puli to‘lasa, eng arzon ta’lim yo‘nalishlarida ushbu qiymat 5,48 million so‘mga teng.
Qayd etish joiz, ikkinchi ta’lim yo‘nalishidagi narxlar magistratura narxlari bilan bir xil.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6490 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 1| Рейтинг: kontrakt, oliy ta’lim muassasalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
nargiss88 O'qiyman digan 10 mln bo'sayam o'qiydi. Lekin kantraktni bunca owiriwadiye
Like | 0
belleyroza Nimalar bo'voti kimdir bormi tushintiradigan
Like | 0
boyvo44abola exxxx
Like | 0
xusan2888 кантракт укисми
Like | 0
xusan2888 яхшиям грантга киримман -D
Like | 0
hofiz5 kantrakti owiriwmas tuwiriw kere dalada sigrlayam qomayapti becharala sotib kantrakt tölavotdi
Like | 0
CCCR O'qishiyam xojati qomabtyu essiz...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное