Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rasman: Super-kontrakt miqdori 10 foizga kamaytarildi

O‘zbekistonda barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Bu haqda mamlakat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolingan edi. 

Ma’lumot uchun, 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Quyidagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.












Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1487 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rasman, foizga, super, kamaytarildi, kontrakt, 10, miqdori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное