Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtomobilsozlik sohasida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytiradi


O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtomobilsozlik sohasida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytiradi

Kecha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari  Bakit Torobayev bilan videokonferensiya aloqasi vositasida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi. 2021 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 953,5 million dollardan, 2022 yil birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi (o‘sish o‘tgan yil shu davriga nisbatan 39 foizni tashkil qildi).

Uchrashuvda energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, yengil avtomobillar va bazalt tolasi ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga tayyorlik bildirildi.

2022-2025 yillarda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan hamkorlik boshqa ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.



Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 630 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sohasida, O‘zbekiston, ko‘paytiradi, loyihalar, Qirg‘iziston, qo‘shma, avtomobilsozlik, soni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное