Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - Sad Love
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi aviabaza haqidagi ma’lumotlarni yashirgani uchun Pentagon sudga berildi
AQSH armiyasi faxriylari manfaatlarini himoya qiluvchi guruhlar O‘zbekistondagi Qarshi-Xonobod aviabazasida harbiy xizmatchilarni joylashtirish chog‘ida saraton va boshqa kasalliklarni keltirib chiqargan zaharli moddalar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qilib, Mudofaa vazirligini sudga berdi. Bu haqda “Associated Press” xabar qildi.

Da’vo Konnektikut federal sudiga 3 aprel kuni berilgan. Shikoyatchilar Pentagonni AQSH harbiylari O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida (2001-2005 yillar) K2 nomi bilan mashhur bo‘lgan Qarshi-Xonobod havo bazasida joylashgan xavfli moddalar, jumladan, uran, kimyoviy qurol va asbest haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblamoqda.

Da’voga ko‘ra, zaharli moddalar hovuzlarga joylashtirilgan va bu askarlarning hushini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan. Bazada kamida 15,8 ming harbiylar xizmat qilgan, ularning kasallanish va o‘lim holatlari odatdagidan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.

Xonobodda xizmat qilgan va hozirda Stronghold Freedom Foundation ijrochi direktori bo‘lib ishlayotgan Mett Erpeldingning aytishicha, 2015 yilda o‘tkazilgan dastlabki harbiy tekshiruv K2 faxriylarining boshqa joylarga yuborilgan harbiy xizmatchilarga nisbatan saraton kasalligiga chalinish ehtimoli besh baravar ko‘proq ekanini aniqlagan. Harbiylarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar Qarshidagi bazaga yetib kelganidan so‘ng boshlangan.

Erpelding 2012 yildan 2020 yilgacha K2’da xizmat qilgan va u boshqargan jamg‘arma a’zolaridan kamida 75 kishi va so‘nggi 8 oy ichida yana 10 kishi vafot etganini ma’lum qilgan. 2020 yilda 2000 ga yaqin K2 faxriylari ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda deyarli 1900 ta kasallik, shu jumladan, 491 ta saraton kasalligi qayd etilgan. Respondentlarning ba’zilari ko‘plab kasalliklarga duchor bo‘lganini aytgan.

Armiya rasmiylari 2015 yilgi tergov cheklangani hamda K2'dagi xizmat va kasallik o‘rtasida aniq aloqa o‘rnatmasligi haqida ogohlantirgan. Shuning uchun hozirda hech kim K2 faxriylarining qanchasi saraton kasalligiga chalingani va undan vafot etgani haqida aniq ma’lumotga ega emas. Mudofaa va faxriylar ishlari bo‘yicha boshqarmalar esa bu masalani chuqurroq o‘rganmoqda.

“Biz hali ham K2’da havo, suv va quruqlikda nima yashiringanini aniq bilmaymiz. Biz bilmaymiz, chunki hukumat K2'da topilgan zaharli moddalar qaydlarini oshkor etishdan bosh tortmoqda”, deydi Stronghold Freedom Foundation boshqaruv kengashi a’zosi Kim Bruks. Uning turmush o‘rtog‘i, polkovnik Timoti Bruks 36 yoshida, K2’da xizmat qilganidan uch yil o‘tmay, miya shishi tufayli vafot etgan. 

Qo‘zg‘atilgan da’voda O‘zbekiston joylashgan aviabazadagi zaharli moddalar va ularning harbiy xizmatchilarga ta’siri oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berilishi, bemor faxriylar aniq tibbiy tashxis va davolanish, sog‘lomlar esa zarur profilaktika choralarini ko‘rishlari talab etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston janubidagi Xonobod aerodromi 2001 yil oktabridan 2005 yil noyabrigacha AQSH havo bazasi sifatida foydalanilgan. Amerikaning ilk samolyotlari 2001 yilning 11 sentyabridagi xurujlaridan bir oy o‘tib O‘zbekiston janubiga qo‘ngan. Aerobaza Al-Qoida va qo‘shni Afg‘onistonda joylashgan “Tolibon” jangarilarini nishonga olish kampaniyasida AQSH kuchlari uchun logistika markazi bo‘lib xizmat qilgan. 2005 yil may oyida yuz bergan Andijon voqealaridan keyin O‘zbekiston hukumati amerikaliklardan Xonobodni tark etishni talab qilgan.

2020 yilning yozida AQSHda Pentagonning maxfiy hujjatlari e’lon qilingan. Ularda K2’da xizmat qilgan harbiylarning zaharli moddalar va radiatsiya ta’siriga tushgan bo‘lishi ehtimoli ochiqlangan. 2001 yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari esa baza atrofidagi tuproq samolyot yoqilg‘isi bilan ifloslanganini ko‘rsatgan. 2004 yilda harbiy xizmatchilarning 100 foizgacha radiatsiya bilan har kuni aloqa qilishi aniqlangan. Hujjatlarga ko‘ra, amerikaliklar bazaga joylashtirilgunga qadar u yerda sovet raketalari yo‘q qilingan, bu esa tuproqning kamaygan uran (uran boyitishning yon mahsuloti) va asbest bilan to‘yinganligiga olib kelgan.

2021 yil fevral oyida O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili Qarshi-Xonobod aviabazasida dalalarda ishlov berish uchun o‘g‘itlar saqlanadigan kimyoviy sinov maydonchasi bo‘lishi mumkinligini taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita haqiqatan ham zaharli moddalar va radiatsiya bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘z laboratoriyalarida tadqiqot olib bormoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1379 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haqidagi, O‘zbekiston, aviabaza, berildi, Pentagon, sudga, yashirgani, Uchun, ma’lumot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное