Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonlik 26 yoshli taksi haydovchisi otib ketildi...


Kecha, 25 oktabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida taksi haydovchisi sifatida mehnat faoliyati olib boradigan O‘zbekiston fuqarosi, 26 yoshli yigit otib ketilgan.

Unga uzilgan o‘q boshini teshib o‘tgani aytilmoqda. Yigitga qurolni taksida o‘tirgan yo‘lovchi o‘qtalgani ma’lum qilingan.

Taksi haydovchisi ikki mijozni aytilgan manzil olib ketayotgan bo‘lgan, avtomobil aytilgan manzilga to‘xtagan ham. Shu payt haydovchi qurol ovozini eshitgan va boshida kuchli og‘riqni sezgan. Shundan so‘ng u mashinadan otilib chiqqan. Avtomobil jinoyatchilar tomonidan olib qochilgan.

Guvohlarning aytishicha, o‘q ovozini eshitgan shu atrofdagi binoning qorovuli esa voqea joyiga yugurib kelgan. U tez tibbiy yordam xizmati chaqirgan...

O‘zbekistonlik yigit shahardagi 26-shifoxonada jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi. Aniq bo‘lishicha, o‘q yigitning chap chakkasidan teshib o‘tgan va bosh miyaga zarar yetkazmasdan boshining orqa tomonidan teshib chiqqan.

Ichki ishlar organlarining xabariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lganidan biroz keyin shahardagi tashlandiq handaqlardan birida qon izlari bo‘lgan mashina topilgan. Uning salonida ikki dona rezina o‘q va to‘rtta gilza bo‘lgan.

Tanaga og‘ir jarohat yetkazish va avtomobilni olib qochish jinoyati bilan jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda polisiya taksi buyurtma qilgan shaxslarni qidirayotgani xabar qilinmoqda.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10874 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zbekistonlik, si otib ketildi, 26 yosh, taksi haydovchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное