Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“O‘zbeknavo” bir necha xonandani lisenziyasidan mahrum etdi

19 iyul kuni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bir necha taniqli xonandalarga berilgan lisenziya muddatidan avval tugatilgani haqida ma’lum qildi.
 
“Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil)  tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan   2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi bildiramiz”, deyiladi “O‘zbeknavo”ning xabarida.
 
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san’atkorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, ularni qo‘llab-quvvatlovchi, estrada san’atini rivojlantiruvchi tashkilot sanaladi. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungacha mazkur tashkilotdan 3 mingdan ortiq xonanda va sozandalar, boshlovchilar lisenziya olishga ulgurgan. Biroq ular “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan beriladigan lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlarni buzgudek bo‘lsa, yo ogohlantiriladi, yo lisenziyasidan mahrum etiladi. “O‘zbeknavo” an’anaga ko‘ra, Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil)ning lisenziyasi nima uchun muddatidan avval tugatilayotgani, ular lisenzziya bitimidagi qaysi talab va shartlarni buzganiga aniqlik kiritmagan. Qiziq!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10253 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: lisenziya, O'zbekNavo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Azamat4846 Sarvar va Komil mayli. Lekn Sitora en odobli san'atkorladan bittasidiyu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное