Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekistonda ayrim estrada vakillari jiddiy ogohlantirildi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda estrada xonandalari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining mas’ul xodimlari, madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.
Unda o‘zbek estrada san’atining bugungi ahvoli, ayrim xonandalarning xulq-atvori, ba’zi san’atkorlarning internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlari tanqid ostiga olindi. Ayniqsa, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir necha o‘n minglab obunachilarga ega san’atkorlar bilib-bilmasdan behayo, mentalitetimizga zid surat va videolarni joylashtirayotgani, bu suratlar internet foydalanuvchilari, ayniqsa yoshlar o‘rtasidan keng tarqalayotgani aytib o‘tildi.
“Xonandalar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan nojoiz surat va videolar ularning o‘ziga emas, balki butun o‘zbek estrada san’ati vakillari obro‘siga putur yetishi mumkinligini unutmasliklari lozim, – deydi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining lisenziya boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Abduqahhorov. – Shu sababdan nazoratni yanada kuchaytirishni rejalashtirganmiz.
San’atkorlarning nafaqat ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati, balki to‘y, yubiley va boshqa marosimlardagi xatti-harakatlari ham kuzatiladi, jumladan, bo‘lib o‘tayotgan to‘y-bazmlarga maxsus reydlar uyushtirilib, lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatayotganlar, o‘zlarini nomunosib tutayotganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”.
Tadbir davomida ayrim shoir va klipmeykerlar faoliyati ham tanqid ostiga olindi. Yig‘ilishda san’atkorlar, estrada vakillari, ayniqsa ayol xonandalar qat’iy ogohlantirilib, kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan taqdirda, qat’iy va jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5871 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ayrim estrada vakillari, O'zbekNavo, O‘zbekiston, jiddiy ogohlantirildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное