Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ona o‘z bolasini zaharladi


Buyuk Britaniyada 27-yoshli ayol o‘zining farzandini bir necha hafta davomida, kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar bilan zaharlab kelgan. Buning sababi, uning jihodchi eri bolasini Suriyaga olib ketib qolishidan qo‘rqqan.

Yosh bola kasalxonaga tushgandan keyin ham, ayol o‘z farzandini ko‘rgani kasalxonaga kelgan vaqtda, uning dorisiga noma’lum moddalar aralashtirib zaharlashda davom etgan. Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, ayol farzandini qo‘l yuvadigan moslamalarni tozalashda ishlatiladigan vosita yordamida zaharlagan.

Davolovchi shifokorlar, bolaning onasi kasalxonaga kelib ketgandan so‘ng, uning ahvoli yomonlashayotganini payqab qolishgan va uzluksiz kuzatuv o‘rnatishgan. Shunga qaramasdan, ayol oxirgi marta kelganida ham bolaning olayotgan dorisiga zahar qo‘shib ulgurgan va bola vafot etgan.

Sud vaqtida, ayol shu yo‘l bilan bolasining kasalxonada uzoqroq muddatga qolishini ta’minlashga harakat qilganini, agar uyiga olib ketsa uni Suriyaga olib ketishi mumkinligidan qo‘rqqani to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.Sud bu ayolni 4,5 yil qamoq jazosiga hukm qilgan.

Obil Safarov

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3767 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zaharladi, o‘z bolasi, ONA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное