Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi tug‘ilgan chaqaloqni onasi ko‘chada tashlab ketdi


Yuqorichirchiq tumanida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chada qoldirib ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, chaqaloq tumanning Navoiy mahallasi, Ostona ko‘chasida qoldirib ketilgan sumka ichidan topilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu qilmishni sodir etgan 44 yoshli ayol kishining shaxsi aniqlangani aytilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tumanda yashovchi M.S. ismli ayol farzandini o‘z uyida dunyoga keltirib, ikki kundan so‘ng uni ko‘chadagi yashash uylari yonida qoldirib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7913 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ko‘chada tashlab ketdi, yangi tug‘ilgan chaqaloq, ONA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное