Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Onalar o‘qisin: Mobil telefonidagi allani eshitgan bola saratonga uchraydi


XXI asr texnologiyalar asri. Biz hayotimizni ularsiz hech ham tasavvur qila olmaymiz. Biroq, ushbu vositalarining afzallik tomoni bo‘lganidek, salbiy ta’siri ham mavjud.

Chunonchi, mobil telefondan tarqaladigan elektromagnit to‘lqinlar bosh miya faoliyatining buzilishi hamda saraton kasalligini keltirib chiqaradi.

Tananing hujayra genlariga ta’sir qilib, irsiyatni o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek, sezgi organlarining faoliyatini yomonlashishiga ham sabab bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hattoki o‘chirilgan mobil qurilma ham bolalardan bir yarim metr uzoqlikda saqlanishi lozim. Agarda, uyali aloqa vositasi ishlayotgan bo‘lsa, uning ta’sir doirasi ikki barobar ortadi.

Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar bunga e’tibor berishmasdan, telefonni go‘yo bir o‘yinchoq sifatida farzandlariga tutqazishadi. Hatto, ayrim yosh onalar mobil qurilmaga yozib olingan “maxsuc alla” ovozini yangratib qo‘yib, chaqaloqlarini uxlatishar ekan.

Alla yurakdan jo‘shib chiqib, mehr-muhabbat bilan aytiladi. Unda onaning orzu- umidlari, farzandlariga atalgan ezgu tilaklari mujjasamlashgan.

“Mobil alla” esa begona ona tomonidan kuylangan emasmi? Uni eshitib ulg‘aygan bola kelajakda qanday inson bo‘lib voyaga yetadi? O‘zga ona allasidan orom olgan go‘dak, katta bo‘lganda o‘z onasiga oqibatli farzand bo‘la olarmikan?

Ra’no Jumayeva, o‘qituvchi:

- Farzand bu eng oliy ne’matdir. U hatto ona qornidayoq atrofdagilarning unga bo‘lgan munosabatini his qiladi. Ayrim yosh kelinchaklar uy yumushlari bilan bo‘lib, alla o‘rniga “sun’iy alla” yoxud bolani ovutuvchi turli telefon “o‘yin” laridan foydalanishadi. Bu nafaqat ularning jismonan ulg‘ayishiga, balki ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telefonda ko‘p gaplashgan odamning eshitish organlarida harorat oshib, charchoqdan asabiylik, xafaqon va quloq kasalliklari, ko‘ngil aynishi kabi holatlarni kelib chiqadi. Hali murg‘ak bolaga esa bu ikki barobar kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Eng achinarlisi, aloqa vositasining ichidagi ma’lumot, fotosurat, videolarning barchasi psixologik qaramlikga olib keladi.

Telefoni doimo yonida yurgan bola yoki o‘spirin, go‘yo o‘zini xotirjam his qiladi. Bordi-yu unutib qoldirgudek bo‘lsa, noqulay ahvolga tushadi. Aslida bu shunchaki ruhiy tobelikdir. Shuning uchun ham, uyali aloqa vositalaridan imkon boricha kamroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Eslatib o‘tamiz, avval savodsizlikni keltirib chiqarayotgan internet alifbosi haqida ma’lumotlar bergan edik.

Mehrangiz G‘aniyeva



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5744 | Рейтинг: 0| Рейтинг: allani eshitgan, Bola, saratonga uchraydi, Onalar o‘qisin, mobil telefon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное