Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Paxtakor” stadioni buzilib, yangisi quriladi


Toshkentning “Paxtakor” klubi uy uchrashuvlari o‘tkazib kelinadigan “Paxtakor” markaziy stadioni buzilib, o‘rniga yangi stadion quriladi. Bu haqida Tribuna.uz manbasi xabar bermoqda.

Stadion yopilishi munosabati bilan 27-noyabr kuni Superliganing 25-turi doirasida ushbu stadionda o‘tkazilishi belgilangan “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvi “Bunyodkor” stadioniga ko‘chirilgan.

Hozirga kelib klubning muassis va homiylari tomonidan “Paxtakor” stadionining yangi loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Tez orada yangi arena loyihasi tanlangach, “Paxtakor” o‘yingohining to‘liq buzilishi boshlanadi. Uning o‘rniga yangi stadion qurilishi 2020-yilga rejalashtirilgan. Yangi stadion qurilishi klub bosh homiysi sanalmish “SFI Management Group” tomonidan moliyalashtiriladi. Hozirda bir qator xorij kompaniyalari klub rahbariyatiga yangi arena loyihasi bo‘yicha o‘z taklifini bergan.

“Paxtakor” klubi yangi stadion qurilib, foydalanishga topshirilishiga qadar, 2020-yilgi mavsum o‘yinlarini Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” stadioni 1956-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha ikki marta – 1996 va 2008-yillar qayta ta’mirlangan. Avvaliga stadion sig‘imi 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangandi, 2008-yilgi rekonstruksiyadan so‘ng alohida o‘rindiqlar o‘rnatilgach, stadion sig‘imi 34 mingga qisqargandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2053 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Paxtakor, buzilib, yangisi quriladi, stadio
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное