Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Poezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo‘ladi


23 fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Passajirskie perevozki” AJ hamda “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda juma kuni “Passajirskie perevozki” AJ matbuot xizmatiga tayanib “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar tarqatdi.

Uchrashuv chog‘ida temir yo‘l transporti orqali yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Tomonlar, xususan, Olmaota – Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poezdi qatnovi davriyligini oshirishni kelishib olgan. Unga muvofiq, 2018 yilning 18 martidan poezd haftasiga uch marta qatnaydi (hozirda ikki marta).

Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi hamda turizmni ommalashtirish doirasida Urumchi – Olmaota poezdi yo‘nalishini yozgi mavsumda Toshkentgacha uzaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Qozog‘iston tomoni, shuningdek, Toshkent – Moskva va Toshkent – Samarqand – Termiz yo‘nalishida qo‘shimcha poezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar elektron chiptalar sotuvini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olgan.

Firdavs BEK



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3169 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Poezdda, Xitoyga, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное