Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezident Shavkat Mirziyoev chempionlarga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.

Tabrikda shunday deyilgan:

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘oliblari – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolariga


Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni futbol bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining final o‘yinida g‘oyat og‘ir va noqulay ob-havo sharoitida tom ma’noda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganingiz bilan o‘z nomimdan, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barchangizni bag‘rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, jonajon O‘zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilayman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4336 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Tarixiy galaba muborak!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное