Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Prezidentga Jahongir Poziljonovning "desheviy piar"i kerakmi?

Avvalroq, o‘zbekistonlik xonanda Jahongir Poziljonov Prezident Shavkat Mirziyoev bilan selfi tushishni targ‘ib qilib, qo‘shiq kuylab chiqqani, unga klip suratga oldirgani, mazkur klip mahalliy telekanallarda namoyish etilayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonda ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlarni butun jahon e’tirof etmoqda. Shavkat Mirziyoev ikki yillik qisqa fursatda amalga oshirgan ulkan islohotlarni uch daqiqalik ma’nosiz qo‘shiq bilan o‘lchashning o‘zi saviyasizlik. Zotan davlat rahbarining bunday arzon reklamaga ehtiyoji yo‘q. Boisi xalq uni shundoq ham yaxshi ko‘ryapti, qo‘llab-quvvatlayapti.

Qo‘shiq va klip ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Fikr bildirayotganlarning asosiy qismi eng birinchi navbatda Poziljonovning bir vaqtlar Birinchi Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga ham yaqin bo‘lgani, uni ham shunday alqaganini xotirlamoqda.

Bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva ham mazkur qo‘shiqqa o‘z munosabatini bildirdi. Unda shunday deyiladi:

Jahongir Poziljonov va jamoasi o‘zbeklarni sharmanda qilyapti. Men shaxsan uning "Selfi" degan klipidan uyaldim.

Bolalarini qo‘shibdi, Prezidentni qo‘shibdi va sharmandalik marshini kuylabdi.

Bunaqa yaltoqlanish bilan nafaqat o‘zi, O‘zbekiston Prezidentining ham imijini bulg‘aydi.

Men Prezidentimizning ustidan Arkadag‘ning ustidan kulgandek kulishlarini istamayman.

Prezident imiji ― har bir fuqaroning, (mening ham) bir qismi, yuzi, nomusi, sharafi. Unga mas’uliyat bilan qarash kerak, shaxsiy ambisiyalari yo‘lida undan foydalanish ― kaltabinlik!

Uzoq yillar nashriyotlarda ishlaganman. Biron kitobga Prezidentning suratini joylashtirish uchun Prezident matbuot xizmati bilan kelishish kerak degan qoida bor.

Chunki Prezident ― shunchaki shaxs emas, davlatning yuzi. Uning qiyofasi davlat ramzlari kabi muhim.

O‘tgan yili bir aktyor o‘zi haqidagi kitobga Prezident bilan tushgan suratini kiritmoqchi edi (maqtanmoqchi edi deyaqolaylik, har narsani o‘z nomi bilan atagan durust). Prezident matbuot xizmati ruxsat bermadi (to‘g‘ri qildi!)

Nahotki, shu "selfi"ga ruxsat berishgan. Yoki bu shaxsiy tashabbusmi?

Butun dunyo O‘zbekistonga ko‘z tikib turgan pallada prezidentning qiyofasini maddohlarcha kuylangan didsiz "qo‘shiq"qa qorishtirish unga shunaqa arzongarov, "lobovoy" maqtovlar yoqadi degan yolg‘on tasavvurni tarqatish-ku bu.

Prezident chiqib tanqid qilinglar, ura-urachilik yetar deb tursa-da, bular ura-uralasa...

Men senzuraga qarshiman, ammo ahmoqlarni senzura qilib turmasa bo‘lmasakan deyapman shu tobda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12313 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prezident, jahongir poziljonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Саша пишет: | 30.01.2019 | 12:12 ( E-mail ) #4 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует У тормиз одам огзидан чиккан нарсани кошик деп куйлайверса унда хаммамиз хонанда еканмизда.
Майнавозчилик хам еви биланда
Like | 0
Xmddso616685878991 Jahongir Poziljonov ijodizga omad aka bundanda chiroyli wux qushiqla yaratavering biz siz bilan xardoim.(Poziljonov uzini yònaliwida qòshiq kuylagan hechqanaqa didsiz bemani qushiq aytibdi deyishga hechkimni haqi yuq)
Like | 0
аватар отсутствует Ашулла гап йук
Like | 0
baxodir Shaxnoza To`raxo`jayeva men sizning fikrlaringizga qo`shilaman bu klip va qo`shiq (agar shu qo`shiq bo`lsa) umuman bo`lmabdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное