Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Sardor Rahimxon Koreyada 1 emas, 2ta konsert berib, Uzbekistonga qaytmoqda

Siz azizlarga Sardor Rahimxonning Janubiy Koreyada yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tishi haqida xabar bergan edik. 12-oktyabr kuni Chang Won shahrida bo’lib o’tgan konsert dasturi ketidan yana bir konsert dasturi ulandi. Bunisiga endi nima deysiz?
10-oktyabr kuni Chang Won shahrida «MAMF» xalqaro festivali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 2 kun davom etadigan ushbu festivalda O’zbekiston nomidan ham ishtirokchilar bor. 12-oktyabr kuni esa mazkur festivalning yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Aynan 12-oktyabr kuni Chang Wonda kunduzi Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tishidan xabaringiz bor edi. Kechqurun esa mazkur festivalning yopilish marosimiga Sardor Rahimxon faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.


Buni qarangki endi Janubiy Koreyalik muxlislar talablariga binoan Kimhae shahrida joylashgan «Flamingo Night Club» klubida soat 20:30da ham Sardor Rahimxonning yakkaxon konsert dasturi tashkillashtirilgan. Ikkala konsert dasturida ham muxlislar Sardorni juda iliq kutib olishdi. Audiotiriyaga gap yo'q. ochig'i kelgan muxlislarni ko'rib hayratlandik. Bunaqasi hali bo'lmagan.

Sardorning omadi Koreyada ham yurishib ketmoqda! Bu ketishda yaqin orada koreys tilida Sardor Rahimxon ijrosidagi qo’shiqlarni tinglab qolsangiz ajablanmang. Koreyaga qilingan omadli safardan so'ng bugun Sardor Rahimxon ona yurti, qadirli diyor O'zbekistonga qaytib kelmoqda.

Nima bo’lganda ham Sardor Rahimxonga omadlar tilab qolamiz. Biz doimo siz bilanmiz Sardor!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5661 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sardor Rahimxon, Koreya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Zor bolgandur a
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное