Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ramzan Qodirov koronavirusdan qo‘rqmaslikka va sarimsoq yeyishga chaqirdi

Checheniston rahbari insonlarni koronavirusdan qo‘rqmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi BBC.

Qodirovning qayd etishicha, biron kasallikdan yoki boshqa sabablarga ko‘ra hamma bir kun o‘ladi.
Checheniston rahbari bu gaplarni yaqinda bo‘lib o‘tgan, mintaqada yashovchi odamlarga qarata aytilgan majlisda ta’kidlab o‘tdi.
«Odamlar Xitoyda paydo bo‘lgan virusni deb uxlamayapti. Kasallik ularni ham nobud qilishidan qo‘rqyapti. Kutib turing, kun kelib shunday ham o‘lasiz», — deydi Qodirov.
Qodirov chechenistonliklarni taqdirga bitilgan kundan avval o‘lishga urinmaslikka chaqirdi. U hamma koronavirus haqida gapirayotgani, biroq minglab odamlar gripp va boshqa yuqumli kasalliklardan ham o‘layotganini aytib o‘tdi.
U yangi turdagi virusni sog‘lom odamlar tez yengib o‘tishini ta’kidladi. Immuniteti past insonlar kasallikni yenga olmaydi, dedi u.
Shuning uchun Checheniston rahbari barchani immunitetni mustahkamlashga chaqirdi.
U limon va asalni suvga aralashtirib ichishni va uyda o‘tirishni tavsiya qildi.
«Sarimsoq yeng, qon tozalanadi», — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.
Rossiyada 13 mart holatiga ko‘ra, 45 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 42 nafari rossiyalik, ikki nafari xitoylik va bir nafari Italiya fuqarosi hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi, shu jumladan, barcha xorijliklar sog‘aygani va kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qilgan.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4259 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, Ramzan Qodirov, Sarimsoq, yeyishga chaqirdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное