Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Real” va “Granada” bahsida mezbonlar 9:1 hisobida g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 29 turi doirasida, 5 aprel kunining birinchi o‘yinida Madridning ikki jamoasi, “Real” hamda “Granada” o‘zaro uchrashdi va bu o‘yinda chempionatning joriy mavsumdagi eng yirik hisobi qayd etilib, darvozalarga 10 ta gol kiritildi.
O‘yinning 25 daqiqasigacha hujumlar uyushtirgan mehmonlar, shu daqiqada Beyl tomonidan kiritilgan goldan keyin, hujumkorlikni to‘xtatishdi.
Natijada birinchi taymning o‘zida hisob yiriklashib ketib, “Real” hujumchisi Ronaldu 30, 36 va 38-daqiqalarda hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Tanaffusdan keyin ham bo‘sh o‘yin ko‘rsatishda davom etgan mehmonlar yana 5 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Ronaldu ikkinchi taymda yana ikkita gol urgan bo‘lsa, Banzema hisobiga ikkita gol yozildi. Yana bir gol esa raqib futbolchisi Mayns tomonidan o‘z darvozasiga yo‘naltirildi. Hisob 7:0 bo‘lib turgan vaqtda, 74-daqiqada granadaliklar bitta javob golini urishgandi, Ibanes bu yagonaligicha qolgan javob to‘pini kiritgandi.
Qayd etish joizki, bu o‘yinda ancha vaqtdan buyon jarohat tufayli maydonga tusha olmagan yosh yarim himoyachi Xames Rodriges o‘yinga qaytdi va 61 daqiqa maydonda harakat qilib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu g‘alabadan keyin “Real” hisobidagi ochkolar soni 67tani tashkil etmoqda. Birinchi o‘rindagi “Barselona”da esa, 68 ochko mavjud, lekin kataloniyaliklar 29 tur o‘yinini hali o‘tkazishmagan, bu o‘yin ham bugun safarda “Selta” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.
Shuningdek, bu o‘yinda “flesh” (5ta gol) qayd etgan Krishtianu Ronaldu o‘z gollari sonini 36taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida yakkapeshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rindagi Lionel Messi hisobida hozircha 32ta gol mavjud.
Qayd etish joizki, bu yirik hisob “Real” tarixidagi eng yirik hisobdagi g‘alabaga aylanmadi. Jamoa 1960 yilda “Elche”ni 11:2 hisobida mag‘lub etgan va bu natijani keyin takrorlay olmagan.
Real Madrid – Granada 9:1
Gollar: 1:0 – 25 Beyl, 2:0 – 30 Ronaldu, 3:0 – 36 Ronaldu, 4:0 – 38 Ronaldu, 5:0 – 52 Benzema, 6:0 – 54 Ronaldu, 7:0 – 56 Benzema, 7:1 – 74 Ibanes, 8:1 – 83, avtogol Mayns, 9:1 – 89 Ronaldu.
Real Madrid – Kasilyas, Arbeloa, Ramos, Varan, Marselo, Beyl, Xames (Xese, 61), Kroos (Ilyarramendi, 57), Modrich, Benzema (Ernandes, 61), Ronaldu.
Granada – Olasabal, Baben (Murilo, 61), Mayns, Fulke, Riko (Paskual, 57), Iturra, Kandeyash, Ibanes, Karlos, Rochina (Piti, 53), El-Arabi.
Ogohlantiririshlar: Piti (64), Arbeloa (87), Murilo (89).
 Manba:kun.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3634 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ispaniya chempionati, Granada, real
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
mirzo9031 realda buuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное