Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rojdestvo kuni AQShda o‘qotar quroldan 27 kishi halok bo‘ldi

AQShda Rojdestvo kuni 27 kishi o‘qotar quroldan halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi, 2 kishi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Gun Violence Archive tashkilotiga tayangan holda The Washington Post nashri xabar bermoqda.
Maqola muallifining so‘zlariga qaraganda, bo‘lib o‘tgan voqealar “AQShda zo‘ravonlik hech ta’tilga chiqishni istamayotganini ko‘rsatuvchi tashvishli belgidir”. Bir bayram oqshomida AQShda o‘qotar quroldan halok bo‘lganlar soni Avstraliya, Buyuk Britaniya singari davlatlarning yillik ko‘rsatkichiga yetib olgan.
Ta’kidlanishicha, oxirgi bir yil davomida Avstriya, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, Estoniya, Gonkong, Islandiya va Bermud orollarida umumiy hisobda 27 kishi o‘qotar quroldan halok bo‘lgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3041 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rojdestvo kuni, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное