Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ronaldu va Messining “gegemon”lik davri tugadimi?


Endigina yilning 5-oyi boshlandiyu, ko‘pchilik “Oltin to‘p”ni “Liverpul” goleadori Muhammad Salohga “topshirish taraddudi”ga tushib qoldi.

Hattoki, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining shaxsiy muxlislari orasida ham misrlik yangi yulduz yangi laureat sifatida gavdalanishiga xayrixohlar juda ko‘p.

Nima, ko‘pchilik argentinalik va portugaliyalikning “gegemon”lik davridan zerikdimi? “Inter Futbol” nashri bu savolga javob topdi.

Bunday deyish uncha to‘g‘ri emas. Axir Ronaldu va Messi ijrosidagi gollar yoki maftunkor o‘yinlardan bezish - chiroyli futboldan yuz o‘girish bilan teng-ku. Shunday ekan, hamma gap Salohning o‘zida!

Qarang, joriy mavsum gol urishda benazir maromga kirib olgan Misr terma jamoasi yetakchisi shu kungacha bir qator yo‘nalishlarda e’tirofga erishdi.

1. VVS talqini bo‘yicha Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

2. AFK tomonidan Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

3. ChLda 3 marta haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

4. APLda 4 marta oy laureatiga aylandi.

5. 5 oy yakuniga ko‘ra, “Liverpul”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

6. 6 oy yakuniga ko‘ra, “Liverpul”ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Salohning mavsumdagi 7 ta eng zo‘r o‘yini

27.08.2017. “Liverpul” – “Arsenal” - 4:0 (gol va samarali uzatma).

06.12.2017. “Liverpul” - “Spartak” - 7:0 (gol va samarali uzatma).

14.01.2018. “Liverpul” - “Manchester Siti” - 4:3 (gol va samarali uzatma).

04.02.2018. “Liverpul” - “Tottenxem” - 2:2 (2 ta gol).

17.03.2018. “Liverpul” - “Uotford” - 5:0 (4 ta gol va samarali uzatma).

04.04.2018. “Liverpul” - “Manchester Siti” - 3:0 (gol va samarali uzatma).

24.04.2018. “Liverpul” - “Roma” - 5:2 (2 ta gol va 2 ta samarali uzatma).

Fakt. Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida barcha turnirlarda 48 marta maydonga tushib, shulardan atigi 12 tasida gol zavqini tuymadi, xolos. Misr terma jamoasi tarkibidagi oxirgi 5 o‘yinda esa bir martagina maydonni golsiz tark etdi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 7646 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MESSI, Ronaldu
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Namozov_islom Озим К Роналдо мухлисиману лекин олтин топни М Салохга бериш керак. М.Салох фантастики мавсум отказди
Like | 0
NuR_KR Bumagan gap
Like | 0
Asirbek1 Saloh olsa kerak
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное