Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiya 1-apreldan O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi

Rossiya 1-apreldan boshlab 6 davlat — O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Venesuela, Suriya va Shri-Lanka bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova Rossiya tezkor shtabining yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, haftasiga bir marta Moskva—Toshkent yo‘nalishida parvoz amalga oshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, karantin cheklovlari tufayli O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2020-yilning 16-martida to‘xtatilgandi. Sentabr oyida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda Rossiya bilan aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi mumkinligini aytgandi. Ammo O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov Rossiya O‘zbekistonning muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha taklifini rad etganini ma’lum qildi.
2021-yilning mart oyida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘zbekiston may oyigacha Rossiya bilan muntazam aviaqatnovlar tiklanishiga umid qilayotganini aytgandi.
O‘zbekistondan Rossiyaga aviareys orqali borish uchun PZR-test natijasi salbiy chiqqan ma’lumotnomaga, shuningdek, davolanish yoki oila bilan birlanish uchun zarur hujjatga ega bo‘lish lozim.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3035 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aviaqatnovlar, 1-aprel, Rossiya, O‘zbekiston, tiklaydi, bilan muntazam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное